Arizona State University

AQSHda ta’lim

Arizona State University – 1885 yilda tashkil etilgan bo’lib, asosan AQShning Arizona shtati, Feniks va uning atrofida joylashgan. Ushbu universitet Amerikadagi eng yirik davlat ta’lim muassasasidir. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

Arizona universiteti Qo’shma Shtatlarning top-50 ta eng yaxshi universitetlari qatoriga kiradi, ushbu universitet ilmiy faoliyat bilan faol shug’ullanadi va Milliy Aeronavtika va Fazo Maʼmuriyati (NASA) tomonidan homiylik qilinadigan top-10 likka kiritilgan. The Wall Street Journal Arizona Universitetini sifatli kadrlar tayyorlash bo’yicha AQSh ning 5 ta eng yaxshi universitetlari qatoriga kiritdi. ASU Biznes maktabi dunyodagi top- 20 ta eng yaxshi biznes-inkubatorlardan biri hisoblanadi, har yili o’rtacha 700 million AQSh dollaridan ziyod 120 dan ortiq startaplar “dunyo yuzini ko’radi”. Shuningdek, ketma-ket 6 yil davomida Arizona universiteti 2016 yildan 2021 yilgacha Amerikaning eng innovatsion universiteti sifatida tan olingan. QS World University Rankings agentligiga ko’ra, employer-student connection bo’yicha top-3 talikka kiritilgan.

Ayni paytda universitetda 150 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Ta’lim narxi

Narxlar Amerika Qo’shma Shtatlari mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (USD – AQSH dollari).

  Bakalavriat Magistratura
Bir yilga $33000 $44102

* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Shuningdek, mazkur universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group kompaniyasi talabalariga yillik o’qitish narxining 50 foizigacha miqdorida stipendiya berishga tayyor.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Bakalavrlar uchun AQShda o’qishning eng katta afzalliklaridan biri bu 4 yillik chegirmaga, magistlar uchun esa 2 yillik chegirmaga ega bo’lishdir. Bu esa yosh talabchan talabalarni anchayin puli va vaqtini tejaydi. Arizona State University, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va Iyun.

Foundation Bakalavriat Magistratura
IELTS 5.5 with no band lower 5.0 IELTS 6.0 with no band lower 5.5 IELTS 7.0 with no band lower 5.5

O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Fakultetlar

Arizona universiteti 350 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega, Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.asu.edu/)

Bepul maslahat uchun buyurtma bering

Ma'lumotlaringizni qoldiring va mutaxassislarimiz tez orada sizga qo'ng'iroq qilishadi