Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Chet elda o'qish hayotingizni qanday o'zgartirishi mumkin?

Chet elda o'qish hayotingizni qanday o'zgartirishi mumkin?

Atrof-muhitning o'zgartirish

Universitetda sizning nuqtai nazaringizni qo'llab-quvvatlaydigan va boshqalarning fikrini hurmat qiladigan ko'plab odamlarni topish imkoniyati bo'ladi.

Chet elda o'qish davomida kelajakda sizga foydali bo'ladigan yangi aloqalarni o'rnatishingiz mumkin. Ko'plab xorijiy universitetlarda taniqli mutaxassislar, biznesmenlar va filosoflar dars berishadi. Ular bilan tanishib, kelajagingizga sarmoya kiritish imkoniyati bo'ladi.

Qolaversa, kelajakda o'qituvchining rahbarligi ostida siz o'z startapingizni muvaffaqiyatli rivojlantirishingiz mumkin bo'ladi.

Yashash sharoitlari

Chet elda o'qib, erkinlik, mustaqillik, xavfsizlik va real istiqbollar nima ekanligini his qila olasiz. Agar siz ambitsiyali va mehnatsevar bo'lsangiz hamda o'zingiz yoqtirgan ish bilan shug'ullanishni istasangiz, chet el universitetlari sizga barcha imkoniyatlarni taqdim etadi.

O'quv jarayonida talabalar yuqori boshlang'ich maoshlari tufayli o'zlarini ta'minlashlari mumkin. Chet elda talabalarga yarim vaqtda ishlash imkoniyati beriladi. Bu degani talaba sifatida ish topish bilan qiyinchiliklar bo'lmaydi.

O‘qishni tamomlagandan so‘ng talabalar qonuniy ravishda 1-3 yil davomida talim olgan davlatda qolib ishlashlari mumkin bo'ladi, yashash uchun ruxsatnoma olgandan so‘ng esa davlatda doimiy ravishda qolishlari mumkin bo'ladi.

Konservativ ta'lim tizimidan xalos bo'lish imkoniyati

Sifatli ta’lim ham amaliy, ham nazariy bilimlarni egallashni nazarda tutadi. Shu bois xorijiy oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari tezda tayyor mutaxassis bo‘lib yetishadi.

O'qish davomida talabalar yetakchilik fazilatlari va individual iste'dodlarni ochishga yordam beradigan guruh vazifalarini bajaradilar. Darslar munozara tarzida olib boriladi, bunda o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin bayon etishlari mumkin.

Professor-mutaxassislar, filoflar va muvaffaqiyatli biznesmenlar rahbarligida eng zamonaviy materiallar taqdim etilib, yangi ilmiy maqolalar va keyslar o‘rganiladi.

Yuqori daromad

Xalqaro diplom olganingizdan so'ng siz yuqori daromad olish imkoniga ega bo'lasiz.

Birinchidan, chet elda siz olingan ko'nikmalar uchun munosib maosh olasiz.

 Ikkinchidan, chet tilini biladigan, xorijiy diplomga va sifatli ta’limga ega bo‘lgan mutaxassislar o‘z vatanidagi yetakchi kompaniyalarda doimo talabga ega.

Nimadan boshlash kerak?

1.Ingliz tilini o'rganishni boshlashingiz kerak bo'ladi. Hech bir universitet sizni ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatsiz qabul qilmaydi. Ingliz tilini B2 darajasida bilish kerak.

2.Profilingizni yaxshilang. Eng mashxur universitetlarga kirishda yaxshi akademik ko'rsatkichlar talab qilinadi. Agar sizda volontyorlik va sport musobaqalarida qatnashganligiz harqida sertifikat bo'lsa va boshqa chet tilini bilsangiz , universitetlardan katta grant yutib olishingiz kafolatlanadi.

3.Maslahat uchun biz bilan bog'laning. Mutaxassislarimiz sizga dunyoning TOP-300 ta universitetlariga muvaffaqiyatli o'qishga kirish haqida batafsil ma’lumot beradi.

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00