Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Avstraliya

University of Sydney (USYD)

da o'qish
Sydney, Avstraliya

University of Sydney (USYD)

University of Sydney (USYD) – Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan, 1850 yilda tashkil etilgan davlat tadqiqot universiteti. Ushbu universitet Avstraliyadagi 6 ta eng qadimgi universitetlar qatorida turadi, dunyo miqyosida eng yaxshi universitetlardan biri va Avstraliyada esa ikkinchi hisoblanadi Avstraliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

Sidney universitetida 63 000 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Universitetning talabalar shaharchasi Sidneyning chekkasida joylashgan bo’lib, Britaniyaning Daily Telegraph va Amerikaning Huffington Post nashriga ko’ra dunyoning eng chiroyli 10 ta universiteti ro’yxatiga kiritilgan.

Universitet haqida qiziqarli faktlar:

  • QS World University Rankings ma’lumotlariga ko’ra, universitet akademik nufuzi bo’yicha dunyoning 25 ta eng yaxshi universitetlari qatoridan joy olgan
  • Sidney universiteti dunyodagi eng yaxshi Top-5 ro’yxatiga kiritilgan va Avstraliyada bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo’yicha 1-o’rinni egallaydi.
  • 5 ta Nobel mukofotining sovrindorlari va Crafordning ikki sovrindori universitet bilan bitiruvchi va o’qituvchilar sifatida bog’liq. Universitetda Avstraliyaning yettita Bosh vaziri va ikkita general-gubernatori ta’lim olgan.
  • QS Ranking ma’lumotlariga ko’ra Sidney universiteti dunyo universitetlari orasida 40-o’rinni egallaydi. Muhandislik va yuridik fakultetlari dunyoning eng yaxshi 15 ta fakulteti qatoriga kiradi.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

O’qishga topshirish

Bakalavr darajasida o’zbekistonlik talabalar uchun Avstraliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida tugatish, magistrlik darajasiga esa 2 yilda ega bo’lish. Bu esa yosh talabchan talabalarni anchayin puli va vaqtini tejaydi.

Shuningdek, IELTS sertifikatisiz Universe Group kompaniyasi abituriyentlari uchun maxsus tuzilgan ichki test asosida ushbu universitetga o’qishga kirish imkoniyati beriladi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Oktyabr, Fevral va may.

O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Universitet sakkizta akademik fakultet va universitet maktablaridan iborat bo’lib, ular orqali bakalavr, magistr va doktorlik darajalarini taqdim etadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.sydney.edu.au/)

Talablar va narx

Bachelor's degree

Narxi
42000AUD
dan boshlab
Narxi
31080 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Foundation

Narxi
39800AUD
dan boshlab
Narxi
29452 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00