bnt-close
Avstraliya

Curtin University of Technology

da o'qish
Perth, Avstraliya

Curtin University of Technology

Curtin University of Technology – G’arbiy Avstraliyaning Pert va Bentli shaharlarida joylashgan va 1966-yilda tashkil etilgan davlat universiteti. G’arbiy Avstraliyaning eng yirik universiteti hisoblanadi – bu yerda 50 000 dan ziyod talaba tahsil oladi.

Jahon universitetlarining akademik reytingi (ARWU) ga ko’ra ushbu oliygoh dunyoning eng yaxshi 1% universitetlari qatoriga kiradi. Bu yerda olingan ta’lim butun dunyoda tan olingan bo’lib, talabalar o’zlarini ko’rsatishlari va karyera qilishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Curtin University of Technology G’arbiy Avstraliyadagi bitiruvhcisi «AINSE oltin medallari nomzodi» deb nomlangan ilmiy darajani (Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi tadqiqiotlar uchun beriladigan eng nufuzli unvon) olishga sazovor bo’lgan yagona universitet hisoblanadi. Bundan tashqari, oliygoh jahonning 20 ta mamlakatidagi 90 dan ziyod universitetlar bilan hamkorlik o’rnarishga muvaffaq bo’lgan. Curtin University of Technology ning talabalari ushbu 90 ta universitetning birida o’qishini davom ettirib, qiymmatli tajriba va taasurotlarga ega bo’lishlari mumkin.

Universitet infratuzilmasi G’arbiy Avstraliya shaharlarida, Sidneyda va Malayziyada joylashgan kampuslar, oq’uv binolari va hududiy ta’lim markazlarini o’z ichiga oladi.

O’zbekistonlik talabalar uchun Avstraliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu bakalavrda o’qishni 3 yilda, magistraturani esa 2 yilda tugatish imkoniyati. Bu yosh va ehtirosli talabalarning mabla’gini va vaqtini sezilarli darajada tejaydi. Shuningdek, Curtin University of Technology Foundation, Pre-Master’s va til kurslari kabi tayyorlov kurslarini taklif etadi.

Bundan tashqari, universitetga IELTS sertifikatisiz, Universe Group talabalari uchun maxsus tuzilgan ichki imtihon orqali o’qishga kirish imkoniyati bor.

Qabul bir yilda 3 marta amalga oshiriladi – oktyabr, fevral va may.

Til bilish talablari

Til kurslari Foundation Bakalavr

IELTS 5.5 IELTS 6.0

O’qishga kirish haqida batafsil ma’lumot olish uchun Avstraliya bo’yicha mutahassisimiz bilan bepul konsulatatsiyaga yozilishingiz mumkin.

Yo’nalishlar

Kurtin Texnika universiteti gumanitar fanlar, resurslarni o’rganish, tibbiyot, biznes, muhandislik va boshqa sohalarda eng keng qamrovli yo’nalishlarni taklif etadi. Bundan tashqari, universitet energerika, tibbiyot, zamonaviy texnologiyalar, jamiyat farovonligi, ekologik muhit o’zgarishi va boshqa sohalarda jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi.

Barcha o’quv dasturlari quyidagi asosiy sohalarga bo’linadi:

  • biznes
  • ilm-fan va texnika
  • tibbiyot
  • gumanitar fanlar

Batafsil ma’lumot uchun Universe Group kompaniyasi ofisi bilan bog’laning yoki universitetning rasmiy saytiga kirib ko’ring.

Narxlar Avstraliyaning milliy pul birligi avstraliya dollarida ko’rsatilgan.

*universitet ushbu narxlarni bir tomonlama o’zgartirish huquqiga ega.

Shuningdek, universitet o’qish boshlanishidan 6 oy avval Universe Group kompaniyasi orqali hujjat topshirgan talabalarga 10% dan boshlab chegirma taqdim etadi.

Chegirmalar va stipendiyalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Universe Group kompaniyasining ofisiga muroojat qiling.

Talablar va narx

Foundation

Narxi
25000AUD
dan boshlab
Narxi
18500 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5

Bachelor's degree

Narxi
29500AUD
dan boshlab
Narxi
21830 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Magistratura

Narxi
35000AUD
dan boshlab
Narxi
25900 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Pre-masters

Narxi
14000AUD
dan boshlab
Narxi
10360 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00