Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Avstraliya

Edith Cowan University

da o'qish
Perth, Avstraliya

Edith Cowan University

Edith Cowan University – 1902-yilda tashkil etilgan va Pert shahrida joylashgan davlat universiteti bo’lib, G’arbiy Avstraliyaning eng yirik oliygohlaridan biri. Jahonning eng yaxshi 5% universitetlari qatoriga kiradi.

Universitet Pert shahrida joylashgan uchta kampus (Churchlands, Mount Lawley, Joondalup) va Byonbori da joylashgan bitta hududiy kampusdan tashkil topgan.

Bugungi kunda oliygohda 27 000 dan ziyod talaba tahsil olmoqda va ularning 4300 nafari jahonning 100 ta mamlakatlaridan biridan kelishgan.

O’qish ingliz tilida olib boriladi, talabalarga 300 dan ziyod o’quv dasturlari taqdim etiladi. Ularning ko’pchiligi Avstraliyada yagona bo’lgan o’quv dasturlari hisoblanadi. Masalan, okean oqimlarini o’rganish, sa’nat sohasida boshqaruv, aviatsiya, bemorlarni parvarish qilish va akusherlik diplomi, huqushunoslik bo’yicha onlayn o’quv dasturi.

Zamonaviy va qulay kampuslar o’z ichiga sport markazlari, ochiq havodagi kinoteatrlar, kutubxonalar, fitnes markazlari va talabalar turar joylarini oladi.

Ushbu oliygohning 85% dan ziyod talabalari o’qishni bitirgandan so’ng darhol ishga joylashishadi, qolganlari esa 6 oy davomida ish topishadi.

O’qishga kirish

O’zbekistonlik talabalar uchun Avstraliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu bakalavrda o’qishni 3 yilda, magistraturani esa 2 yilda tugatish imkoniyati. Bu yosh va ehtirosli talabalarning mabla’gini va vaqtini sezilarli darajada tejaydi. Shuningdek, Edith COwan University Foundation, Pre-Master’s va til kurslari kabi tayyorlov kurslarini taklif etadi.

Bundan tashqari, universitetga IELTS sertifikatisiz, Universe Group talabalari uchun maxsus tuzilgan ichki imtihon orqali o’qishga kirish imkoniyati bor.

FoundationBakalavr
IELTS 5.0IELTS 5.5

Qabul bir yilda 3 marta amalga oshiriladi – oktyabr, fevral va may.

Til bilish talablari

O’qishga kirish haqida batafsil ma’lumot olish uchun Avstraliya bo’yicha mutahassisimiz bilan bepul konsulatatsiyaga yozilishingiz mumkin.

Yo’nalishlar

Edit Kovan universitetida 300 dan ziyod yo’nalishlar mavjud, jumladan:

  • biznes va davlat boshqaruvi
  • kompyuter texnologiyalari, ilm-fan va sog’liqni saqlash
  • hududiy va professional fanlar
  • sanoatning maxsus yo’nalishlari va aloqa tizimlari
  • ta’lim va ijtimoiy fanlar

Batafsil ma’lumot uchun Universe Group kompaniyasi ofisi bilan bog’laning yoki universitetning rasmiy saytiga kirib ko’ring.

O’qish narxlari

Foundation Bakalavr

Semestr uchun 10 300 AUD –

Bir yil uchun 23000 AUD 30500 AUD

Narxlar Avstraliyaning milliy pul birligi avstraliya dollarida ko’rsatilgan.

*universitet ushbu narxlarni bir tomonlama o’zgartirish huquqiga ega.

Shuningdek, universitet o’qish boshlanishidan 6 oy avval Universe Group kompaniyasi orqali hujjat topshirgan talabalarga 10% dan boshlab chegirma taqdim etadi.

Chegirmalar va stipendiyalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Universe Group kompaniyasining ofisiga muroojat qiling.

Talablar va narx

Foundation

Narxi
24200AUD
dan boshlab
Narxi
17908 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.0

Bachelor's degree

Narxi
30500AUD
dan boshlab
Narxi
22570 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Pre-Masters

Narxi
13600AUD
dan boshlab
Narxi
10064 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Master's degree

Narxi
31000AUD
dan boshlab
Narxi
22940 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00