Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Avstraliya

Griffith University

da o'qish
Brisbane, Avstraliya

Griffith University

Griffith University – 1881-yilda tashkil etilgan va Brisben shahrida joylashgan Avstraliyaning davlat universiteti. Jahonning eng yaxshi 50 ta universiteti qatoriga kiradi.

Oliygoh Asvtraliyaning sharqiy qismida, Kvinslend shtatida joylashgan bo’lib, Brisben va Gold Kost shaharlarida 5 ta eng yuqori darajada jihozlangan zamonaviy kampuslari bor. Universitet sohil bo’yidan uncha uzoq bo’lmagan joyda joylashganligi bilan MDH davlatlaridagi talabalarni jalb qiladi.

Oliy ta’lim olish uchun talabalarga 600 dan ziyod o’quv dasturlari taqdim etiladi. Hozirgi kunda bu yerda 38 000 ta talaba tahsil oladi va ularning 9 000 nafari chet eldan kelishgan.

Griffit universiteti jahonning 36 mamlakatida joylashgan 180 dan ziyod oliygohlar bilan faol hamkorlik qiladi. Universitetda o’z ichiga amaliyot dasturlarini olgan o;quv kurslariga alohida e’tibor qaratilgan.

Talabalarga foydalanishi uchun restoranlar, kutubxonalar, sport klublari, kitob do’konlari, studiyalar, mustaqil ishlash uchun ustaxonalar, kompyuter labaratoriyalari, tibbiyot markazlari va ichi transport sistemasiga ega bo’lgan talabalar turar joylari tashkil eyilgan.

O’qishga kirish

O’zbekistonlik talabalar uchun Avstraliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu bakalavrda o’qishni 3 yilda, magistraturani esa 2 yilda tugatish imkoniyati. Bu yosh va ehtirosli talabalarning mabla’gini va vaqtini sezilarli darajada tejaydi. Shuningdek, Griffith University Foundation, Pre-Master’s va til kurslari kabi tayyorlov kurslarini taklif etadi.

Bundan tashqari, universitetga IELTS sertifikatisiz, Universe Group talabalari uchun maxsus tuzilgan ichki imtihon orqali o’qishga kirish imkoniyati bor.

Qabul bir yilda 3 marta amalga oshiriladi – oktyabr, fevral va may.

Til bilish talablari

Foundation Bakalavr

IELTS 5.5 IELTS 6.0

O’qishga kirish haqida batafsil ma’lumot olish uchun Avstraliya bo’yicha mutahassisimiz bilan bepul konsulatatsiyaga yozilishingiz mumkin.

Yo’nalishlar

Griffit universitet 200 dan ziyod yo’nalishlarga ega, jumladan:

  • biznes
  • gumanitar fanlar
  • tabiiy fanlar
  • muhandislik ishi
  • tibbiyot
  • musiqa

Batafsil ma’lumot uchun Universe Group kompaniyasi ofisi bilan bog’laning yoki universitetning rasmiy saytiga kirib ko’ring.

O’qish narxlari

Foundation Bakalavr

Bir yil uchun 18 900 AUD 23 500 AUD

Narxlar Avstraliyaning milliy pul birligi avstraliya dollarida ko’rsatilgan.

*universitet ushbu narxlarni bir tomonlama o’zgartirish huquqiga ega.

Shuningdek, universitet o’qish boshlanishidan 6 oy avval Universe Group kompaniyasi orqali hujjat topshirgan talabalarga 10% dan boshlab chegirma taqdim etadi.

Chegirmalar va stipendiyalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Universe Group kompaniyasining ofisiga muroojat qiling.

Talablar va narx

Foundation

Narxi
23000AUD
dan boshlab
Narxi
17020 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5

Bachelor's degree

Narxi
30500AUD
dan boshlab
Narxi
22570 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Pre-Masters

Narxi
15000AUD
dan boshlab
Narxi
11100 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Master's degree

Narxi
32000AUD
dan boshlab
Narxi
23680 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00