
La Trobe University Sydney Campus
La Trobe University Sydney Campus
La Trobe University – 1964-yilda Melburn shahrida tashkil etilgan Avstraliyaning davlat universiteti bo’lib, hozirgi kunda Viktoriya shtatining bir nechta shahrida joylashgan kampuslar tarmog’iga ega.
Ushbu oliygoh 2015-yilda «The Times Higher Education World University Rankings» ga ko’ra 100 ta eng yaxshi yosh universitetlar qatoriga kirgan. La Trob universiteti sa’nat va gumanitar fanlar sohasida juda kuchli oliygoh sifatida tan olinadi.
Bitiruvchilar ishga joylashishi ko’rsatkichi bo’yicha La Trobe QS 2018/2019 reytingida juda yuqori o’rinlarga ega: Avstraliyada 14-o’rin, Viktoriya shtatida 4-o’rin va jahonda Top-300.
La Trobe biznes boshqaruvi sohasida juda kuchli magistratura o;quv dasturini (MBA) taklif etadi. Ushbu dastur 2010-yildan boshlab doimiy ravishda jahonning eng yaxshi 200 ta biznes maktabi qatoriga kirib kelmoqda (QS Global Rankings). Ushbu reytingga ko’ra 2014 yilda La Trobe universitetining MBA dasturi Viktoriya shtatida 2-o‘rinni, Avstraliyada 4-o’rinni, Osiyoda esa 14-o’rinni egallagan.
La Trobe universitetida Avstraliya va boshqa 70 ta davlatdan kelgan jami 37 000 nafar talaba tehsil olmoqda.
O’qishga kirish
O’zbekistonlik talabalar uchun Avstraliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu bakalavrda o’qishni 3 yilda, magistraturani esa 2 yilda tugatish imkoniyati. Bu yosh va ehtirosli talabalarning mabla’gini va vaqtini sezilarli darajada tejaydi. Shuningdek, La Trobe Foundation, Pre-Master’s va til kurslari kabi tayyorlov kurslarini taklif etadi.
Bundan tashqari, universitetga IELTS sertifikatisiz, Universe Group talabalari uchun maxsus tuzilgan ichki imtihon orqali o’qishga kirish imkoniyati bor.
Qabul bir yilda 3 marta amalga oshiriladi – oktyabr, fevral va may.
Til bilish talablari
Foundation Bakalavr Master’s
IELTS 5.5 IELTS 6.0 IELTS 6.5
O’qishga kirish haqida batafsil ma’lumot olish uchun Avstraliya bo’yicha mutahassisimiz bilan bepul konsulatatsiyaga yozilishingiz mumkin.
Yo’nalishlar
Ushbu universitetda turli yo’nalishlarda juda keng qamrovli va ko’p sonli qiziqarli o’quv dasturlari mavjud. Ularning barchasi 5 ta asosiy sohaga bo’lingan:
- ta’lim
- sog’liqni saqlash
- gumanitar va ijtimoiy fanlar
- Boshqaruv va huquq
- Aniq fanlar, muhandislik va IT texnologiyalarr
Batafsil ma’lumot uchun Universe Group kompaniyasi ofisi bilan bog’laning yoki universitetning rasmiy saytiga kirib ko’ring.
O’qish narxlari
Foundation Bakalavr Magistratura
Bir yil uchun 22900 AUD 30200-32600 AUD 12900
Narxlar Avstraliyaning milliy pul birligi avstraliya dollarida ko’rsatilgan.
*universitet ushbu narxlarni bir tomonlama o’zgartirish huquqiga ega.
Shuningdek, universitet o’qish boshlanishidan 6 oy avval Universe Group kompaniyasi orqali hujjat topshirgan talabalarga 10% dan boshlab chegirma taqdim etadi.
Chegirmalar va stipendiyalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Universe Group kompaniyasining ofisiga muroojat qiling.