Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Avstraliya

University of Newcastle

da o'qish
Nyukasl, Avstraliya

University of Newcastle

University of Newcastle – 1965-yilda tashkil etilgan Avstraliyaning davlat oliy ta’lim muassasalaridan biri. QS reytingiga ko’ra Avstraliyaning eng yaxshi 10 ta universiteti qatoriga kiradi. Nyukasl universiteti butun dunyoda ilg’or ilmiy tadqiqotlar markazi sifatida tanilgan va jadal rivojlanayotgan universitet hisoblanadi.

Nyukasl universiteti talabalarni jahondagi eng yuqori o’qitish va ilmiy ishlarni amalga oshirish standartlari bilan jalb qiladi. Hozirgi kunda bu yerda 36 000 dan ziyod talaba tahsil oladi, va ularning 7 500 nafari chet ellik talabalardir. Universitet tarkibiga ikkita ajoyib kampus kirgan bo’lib, ularning biri Nyukasl-apon-Tayn tarixiy shahrida, boshqasi esa Ourimbah deb nomlanadigan sohil bo’yida joylashgan.

Universitet tuzilmasi o’z ichiga ham biznes maktabini, ham konservatoriya, ham huquqshunoslik markazini oladi. Universitetning ushbu bo’limlarida bakalavr, magistratura va aspirantura darajalarida ta’lim beriladi. Barcha fakultetlarda ta’lim yuqori saviyali o’qituvchilar va professorlar tomonidan beriladi.

O’qishga kirish

O’zbekistonlik talabalar uchun Avstraliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu bakalavrda o’qishni 3 yilda, magistraturani esa 2 yilda tugatish imkoniyati. Bu yosh va ehtirosli talabalarning mabla’gini va vaqtini sezilarli darajada tejaydi. Shuningdek, University of Newcastle Foundation, Pre-Master’s va til kurslari kabi tayyorlov kurslarini taklif etadi.

Bundan tashqari, universitetga IELTS sertifikatisiz, Universe Group talabalari uchun maxsus tuzilgan ichki imtihon orqali o’qishga kirish imkoniyati bor.

Qabul bir yilda 3 marta amalga oshiriladi – oktyabr, fevral va may.

Ustunliklari

     

    Til bilish talablari

    Til kurslariFoundationBakalavr
     IELTS 5.5IELTS 6.0

    O’qishga kirish haqida batafsil ma’lumot olish uchun Avstraliya bo’yicha mutahassisimiz bilan bepul konsulatatsiyaga yozilishingiz mumkin.

     

    Yo’nalishlar

    Nyukasl universiteti 100 dan ortiq yo’nalishlarga ega, jumladan:

    • biznes va huqushunoslik
    • ta’lim va sa’nat
    • qurilish va muhandislik
    • sog’liqni saqlash va tibbiyot fanlari
    • axborot texnologiyalari

    Ushbu oliygohda tibbiyot yo’nalishiga alohida e’tibor qaratilgan. Batafsil ma’lumot uchun Universe Group kompaniyasi ofisi bilan bog’laning yoki universitetning rasmiy saytiga kirib ko’ring.

     

    O’qish narxlari

     FoundationBakalavr
    Bir yil uchun23000 AUD25040-29720AUD

     

    Narxlar Avstraliyaning milliy pul birligi avstraliya dollarida ko’rsatilgan.

    *universitet ushbu narxlarni bir tomonlama o’zgartirish huquqiga ega.

    Shuningdek, universitet o’qish boshlanishidan 6 oy avval Universe Group kompaniyasi orqali hujjat topshirgan talabalarga 10% dan boshlab chegirma taqdim etadi.

    Chegirmalar va stipendiyalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Universe Group kompaniyasining ofisiga muroojat qiling.

Talablar va narx

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00