bnt-close
AQSH

University of Massachusetts Boston

da o'qish
Boston, AQSH

University of Massachusetts Boston

University of Massachusetts Boston – 1852-yilda tashkil etilgan bo’lib, Boston shahridagi yagona davlat universiteti hisoblanadi. Shuningdek, University of Massachusetts tizimidagi beshta oliygohdan biri va dunyoning eng yaxshi oliygiharidan biri hisoblanadi. AQSh da tahsil olishning qator afzalliklari bor, ular bilan Sizni ushbu maqolada tanishtiramiz.

Hozirgi kunda bu yerda 17 000 dan ziyod talaba tahsil olmoqda va ularning 10% turli mamlakatlarning vakillari. University of Massachusetts Boston dan shtat poytaxti va dunyoning eng katta universitetlar shahri hisoblangan Boston shahrining markazigacha piyoda 20 daqiqada yetib olsa bo’ladi.

Bu shaharda 100 dan ortiq universitet va kolledjlar joylashgan, jumladan jahonga mashxur bo’lgan Garvard universiteti, Massachusetts Texnologiya Universiteti (MIT), Boston universiteti va Boston kolleji. Universitetning kampiusida butub dunyoga mashxur Jon Kennedi kutubxonasi joylashgan. Bundan tashqari, 2006-yil yozida Barak Obama universitet bitiruvchilari oldida nutq so’zlagan. Bu yerda tahsil oluvchilar 100 dan ortiq talabalalar tashkilotlari, jumladan klublar, adabiy nashriyotlar, radiostanciyalar va sa’nat galereyalari a’zolari bo’lishi mukin.

Talabalarning qulaylikda yashashi uchun bu yerda o’z ichiga yuqori tezlikdagi internet, mashg’ulot xonalari, oshxonalar, fitnes markazlari, sport zallari, basseyn va boshqa obyektlarni oluvchi talabalar turar joylari mavjud. Shunday qilib, ta’lim olish jarayoni samarali, sifatli, qiziqarli va qulay tashkil etilgan.

Talabalar uchun muhim afzallikliklardan biri bu ushbu universitetga IELTS sertifikatisiz, Universe Group talabalari uchun maxsus tuzilgan ichki imtihon orqali o’qishga kirish imkoniyati.

Shuningdek, universitet magistraturaga tayyorlanish uchun Pre-Master’s dasturlarini taqdim etadi.

Qabul bir yilda 3 marta amalga oshiriladi – avgust, yanvar va may oylari.

Talablar va narx

Bachelor's degree

Narxi
33500$
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00