Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
AQSH

DePaul University

da o'qish
Chicago, AQSH

DePaul University

DePaul University – 1898 yilda tashkil etilgan, AQShning Illinoys shtati, Chikago shahrida joylashgan. Ushbu universitet Amerikada talab yuqori hisoblangan xususiy ta’lim muassasasidir. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

De Polning ikkita kampusi Linkoln bog’ida va Lup jamoat zonasida joylashgan. De Pol universiteti biznes sohasida juda kuchli mutaxassislarni tayyorlaydi, masalan, McDonald’s korporatsiyasining sobiq bosh direktori Jek Grinberg, Los Angeles Dodgers ning sobiq vitse-prezidenti va bosh menejeri (2001-2004) Dan Evans, IBM Global Services bosh arxitektori va IBM da fidokor muhandis Kerri L. Xolli, IBM Black Engineer of the Year 2003 mukofoti sovrindori Martin Yan, Volkswagen Group bosh direktori, Jeyms M. Jenness, Kellogg kompaniyasi sobiq bosh direktori va boshqalar.

Ushbu universitetda 22000 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Bakalavrlar uchun AQShda o’qishning eng katta afzalliklaridan biri bu 4 yillik chegirmaga, magistlar uchun esa 2 yillik chegirmaga ega bo’lishdir. Bu esa yosh talabchan talabalarni anchayin puli va vaqtini tejaydi. DePaul University, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.

O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin

De Pol universiteti 250 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega, Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://globalgateway.depaul.edu/)

Talablar va narx

Bachelor's degree

Narxi
43151$
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Master's degree

Narxi
25260$
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00