bnt-close
AQSH

Western Washington University

da o'qish
Bellingham, AQSH

Western Washington University

Western Washington University – 1893 yilda tashkil etilgan, AQShning Vashington shtatidagi Bellingem shahrida joylashgan davlat universiteti. Ushbu universitet Amerikadagi eng yirik davlat ta’lim muassasalaridan biridir. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan mazkur maqolada tanishtiramiz.

G’arbiy Vashington Universitetining asosiy kampusi Bellingemning 215 gektarida, shuningdek, Ankort va Leykvud shaharlaridagi filiallarida joylashgan. Talabalar shaharchasida elektron musiqa studiyasi, havo ifloslanishi bo’yicha laboratoriya, avtomobil tadqiqot laboratoriyasi, dengiz tadqiqot laboratoriyasi, aerodinamik truba, elektron mikroskop va neytron generator laboratoriyasi mavjud. Automobile Magazine nashri Western avtomobil ilmiy-tadqiqot institutini ” avtomobil umumiy dizayni bo’yicha mamlakatdagi eng yaxshi maktab” deya ta’riflagan.

Universitetda 16 000 talaba tahsil oladi.

Ushbu universitet Kollejlar va universitetlarning shimoli-g’arbiy komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o’tgan.

Universitet haqida qiziqarli faktlar:

  • Philosophical Gourmet Report hisobotida G’arbda ushbu fan bo’yicha faqat bakalavr darajasini taklif etadigan kollej va universitetlar orasida eng yaxshi falsafa fakultetlaridan biri borligi aytib o’tilgan. G’arbiy Vashington universiteti ushbu sharafga sazovor bo’lgan yetti davlat universitetlaridan biri edi.
  • OTM Avtotransport vositalari ilmiy-tadqiqot institutida sanoat texnologiyalari bakalavri va avtomobil dizayni bakalavri bilan mashhur. Dastur quyidagilarga e’tibor beradigan transport vositalarini to’liq loyihalashtirish va ishlab chiqarishga qaratilgan: elektr stansiyalari, shu jumladan muqobil yoqilg’i turlari; transuzatishlar; shassi konstruksiyasi; va tarkibiy materiallar
  • S.News ga ko’ra Vashington universiteti G’arbiy Amerikadagi universitetlar orasida 18-o’rinni egallaydi.
  • Universitet NICHE ma’lumotlariga ko’ra AQSh davlat universitetlari orasida 153-o’rinda turadi.

Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz

Qo’shma Shtatlar talabalari universitetni 4 o’quv yilida tugatish imkoniyatiga ega, magistratura esa 2 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarni anchayin puli va vaqtini tejaydi. Western Washington University, shuningdek Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.

Talablar va narx

Bachelor's degree

Narxi
15000$
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Master's degree

Narxi
24000$
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00