bnt-close
Buyuk Britaniya

Swansea University

da o'qish
Swansea, Buyuk Britaniya

Swansea University

Suonsi universiteti (Swansea University) 1920 yilda tashkil etilgan va Uelsning Suonsi shahrida joylashgan. Shuningdek, u yaxshi obro’li bo’lgan davlat universiteti maqomiga ega, bu esa ushbu universitetdan o’qish taklifini olgan talabalar uchun viza natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 2014 va 2015 yillarda “Britaniyaвф yilning eng yaxshi universiteti” nominatsiyasida 1-o’rinni egallagan.

U muhandislik, tibbiyot, filologiya va me’moriy yo’nalishlari bilan mashhur. Universitet talabalar soni bo’yicha Uelsda uchinchi o’rinni egallaydi. Ayni paytda unda 18 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Universitet, shuningdek, Jaguar, Huawei, Land Rover, Rolls-Royse, Airbus va boshqalar kabi taniqli kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini olib boradigan ilmiy va tadqiqot faoliyatini faol ravishda olib bormoqda.

O’qitish eng yuqori ta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi. Barcha o’qituvchilar o’z sohasining professionallari bo’lib, ular o’zlarining ixtirolari va so’nggi kashfiyotlarini o’zlarining akademik kurslariga qo’shishlari diqqatga sazovordir. Bu o’quvchilarga hanuzgacha darsliklarda ham mavjud bo’lmagan bilimlarni olish imkoniyatini yaratadi.

O’qitish sifati uchun QS tomonidan 5 ta yulduz bilan taqdirlangan.

Kampus hududida 100 dan ortiq talabalar klublari va tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Shunday qilib, universitetning ijtimoiy hayoti ham qizg’in va har kim o’z xohishiga ko’ra yo’nalish topishi mumkin.

Swansea universiteti 300 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring

http://www.swansea.ac.uk/undergraduate/courses/

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.

Ustunliklari

    • Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistrlik darajasi esa 1 yil. Bu esa yosh talabchan talabalarni anchayin puli va vaqtini tejaydi.
    • Swansea University, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Talablar va narx

Foundation

Narxi
15350£
dan boshlab
Narxi
19188 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5

Bachelor's degree

Narxi
15350£
dan boshlab
Narxi
19188 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Pre-Masters

Narxi
11000£
dan boshlab
Narxi
13750 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Master's degree

Narxi
19300£
dan boshlab
Narxi
24125 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00