
University Academy 92 (UA92)
University Academy 92 (UA92)
University Academy 92 (UA92) – bu haqiqatan o’ziga xos oliy ta’lim muassasasi bo’lib, 2017 yilda tashkil etilgan va Old Trafforddagi ajoyib yangi kampusda joylashgan (Trafford poytaxt okrugi hududida, Katta Manchester, Angliya, Manchester markazidan 3,2 km janubi-g’arbda).
UA92 Lankaster universiteti va Manchester Yunayted futbol jamoasi afsonalari – Gari va Fil Nevill, Rayan Giggz, Pol Skoulz va Niki Batt (Class of 92 sifatida ham mashhur) tomonidan tashkil etilgan.
UA92 universitet tajribasiga zamonaviy yondashishda birinchilardan hisoblanadi. O’quv dasturlari shaxs va xarakterni rivojlantirishga, shuningdek, ish va muvaffaqiyatli karyera uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni egallashga qaratilgan. Ushbu maqsadlarga erishishda Microsoft, KPMG, Bruntwood va Manchester United kabi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda biznes ehtiyojlari asosida o’quv dasturlarini ishlab chiqish yordam beradi.
UA92 ko’plab turli xil o’quv dasturlarini taqdim etadi:
- Accounting and Business
- Accounting and Finance
- Business Studies
- Computer Science
- Journalism
- Media and Communications
- Physical Education
- Sports and Exercise Science
- Sports Journalism
- Sports Management
- Sports Media and Communications
O’qishni bitirgandan so’ng talabalar Lankaster Universitetining diplomlari bilan taqdirlanadilar.
Lankaster universiteti Guardian (2021), Times va Sunday Times (2021) va Complete University Guide (2021) tomonidan Buyuk Britaniyaning eng yaxshi o’nligiga kiritilgan. Bundan tashqari, Lankaster THE (2021) jahon universitetlari reytingida 136-o’rinni va “QS World University Rankings 2021” reytingida 135-o’rinni egallab turibdi.
UA92 va Lankaster universiteti o’rtasidagi munosabatlar sizning malakangiz butun dunyoda tan olinishiga amin bo’lishingiz mumkinligini anglatadi.
Universitetning o’ziga xos xususiyati – bu The Target Talent Curriculum maxsus o’quv dasturi. U hayot uchun va ish joyida zarur bo’lgan shaxsiy mahorat va xususiyatlarga, aqliy, hissiy va ijtimoiy intellektni rivojlantirishga, ishga joylashishga tayyor bo’lish hamda jismoniy va ruhiy farovonlikni tushunishga mo’ljallangan.
Mavzularga quyidagilar kiradi: barqarorlik, kasbiy mahorat, yetakchilik, sog’lom turmush va farovonlik, jamoaviy ish, moliyaviy va raqamli savodxonlik, muammolarni hal qilish, karyeraga tayyorlik, refleksiv amaliyot va muloqot qobiliyatlari.
92 Akademiya Universiteti haqida qiziqarli faktlar:
- O’quv dasturi har biri 6 haftadan iborat 4 ta blokga bo’lingan. Bitta blok davomida faqatgina 1 ta fan haftasiga 4 marta, kuniga 4 soat davomida o’rganiladi (ko’proq yo’naltirilgan holda o’rganish uchun)
- Dasturda yillik imtihonlar mavjud emas. Qabul qilingan bilimlarning barcha sinovlari har bir blok davomida yoki uning oxirida o’tkaziladi.
- Siz hayotingizga moslasha olishingiz uchun darslar har hafta (chorshanba kunidan tashqari) ixtiyoriy ertalab soat 9:00 dan 13:00 gacha yoki tushdan keyin soat 14:00 dan 18:00 gacha bo’ladi.
- Chorshanba kunlari kampusga tashrif buyurish majburiy bo’lmaydi, lekin siz o’zingizning kursingiz doirasida masofadan va / yoki interaktiv o’quv mashg’ulotlariga ega bo’lasiz. Shuningdek, chorshanba sizga qo’shimcha ko’mak olish yoki ko’ngilli ravishda ishlash, sport jamoalarimizdan birida o’ynash yoki qo’shimcha shaxsiy rivojlanish va karyera faoliyati uchun imkoniyatlar yaratadi.
- Har bir talaba shaxsiy rivojlanish bo’yicha murabbiyga ega bo’ladi. Siz har olti haftalik o’quv bloki davomida murabbiyingiz bilan ikki marta uchrashasiz va ishga tayyorgarligingiz uchun muhim bo’lgan bir qator sohalarda shaxsiy xususiyatlaringizni shakllantirish bo’yicha tizimli yondashuvga amal qilasiz.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Noyabr va Yanvar.
Ustunliklari
- Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida tugatish, magistrlik darajasini olish uchun esa 1 yil ketadi. Bu yosh, maqsadga intiluvchan talabalarning pul va vaqtini anchayin tejaydi.
- Shuningdek, University of Birmingham Foundation tayyorgarlik dasturlari, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.
- Hamkor tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari muntazam ravishda mehmon sifatida ma’ruzalar, master-klasslar va mashg’ulotlar o’tkazadilar, shuningdek, talabalar to’g’ridan-to’g’ri texnologik kompaniyalarda mijozlar uchun haqiqiy loyihalar va briflar ustida ishlashadi.