bnt-close
Buyuk Britaniya

Brunel University London

da o'qish
London, Buyuk Britaniya

Brunel University London

Brunel University London – 1966 yilda taniqli ingliz muhandisi Izambard Kingdom Brunel tomonidan tashkil etilgan bo’lib, Londonning g’arbiy qismida joylashgan va tan olingan jahon darajasidagi universitet hisoblanadi. Shuningdek, u yaxshi obro’li davlat universiteti maqomiga ega, bu esa mazkur universitetdan o’qish taklifini olgan talabalar uchun viza natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

U Buyuk Britaniyadagi o’zining eng yaxshi biznes maktabi bilan mashhur, shuningdek, mamlakatdagi eng innovatsion yondashuvlarni qo’llashi bilan taniqli va uning talabalar shaharchasi “21-asr kampusi” maqomini olgan. Universitet atrof-muhitni tadqiq qilish, sport tibbiyoti, saraton kasalligini nazorat qilish, materiallarni qayta ishlash sohasidagi ulkan yutuqlari bilan tanilgan.

O’qishni tugatgandan so’ng bitiruvchilar asosan IBM, Coca-Cola, Ford Motor Company, Disney, Morgan Stanley va O2 kompaniyalarida ishlaydilar.

London Brunel universiteti London universitetlari orasida birinchi o’rinda turadi va dunyodagi eng yaxshi ta’lim muassasalarining 2 foiziga kiradi. U nafaqat ish bilan bandlikning yuqori foiziga, balki bitiruvchilar o’rtasida ish haqining yuqori ko’rsatkichiga ham ega.

Har yili bu yerda taxminan 15000 talaba ta’lim oladi, ularning 17% chet elliklardir.

Ustunliklari

    • Londondagi yotoqxonalar, do’konlar, banklar va h.k.lar bilan to’laqonli talabalar shaharchasiga ega bo’lgan yagona universitet.
    • Universitet Londonda birinchi, Buyuk Britaniyada 4-o’rin va so’nggi 50 yil asosida tuzilgan 100 ta eng yaxshi universitetlar reytingida dunyoda 29-o’rinni egallab turibdi.
    • Bir qator mutaxassisliklar (muhandislik, dizayn, menejment va boshqalar) Britaniyadagi TOP-20 ga kiritilgan
    • Bitiruvchilar Buyuk Britaniyada eng yuqori boshlang’ich ish haqi bo’yicha 13-o’rinni egallaydilar (Sunday Times Good University Guide ga binoan)
    • Ko’pgina dasturlar 1 yillik ish bilan ta’minlash dasturini (sandwich year) o’qishning uchinchi yilida taqdim etadi
    • Birinchi kursga darhol foundation darajasisiz qabul quyidagi yo’nalishlar bo’yicha: Business Computing/Computer Science, Business and Management, Economics and Financez
    • Talabalar shaharchasida virtual sayohatga havola

Talablar va narx

Foundation

Narxi
15800£
dan boshlab
Narxi
19750 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5 eng pas komponent 5.5 bilan

Bakalavr

Narxi
16700£
dan boshlab
Narxi
20875 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0 eng pas komponent 5.5 bilan

Pre-Masters

Narxi
8700£
dan boshlab
Narxi
10875 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0 with no band lower 5.5

Magistratura

Narxi
18410£
dan boshlab
Narxi
23013 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0 eng pas komponent 5.5 bilan

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00