Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Buyuk Britaniya

The University of Sheffield

da o'qish
Sheffield, Buyuk Britaniya

The University of Sheffield

The University of Sheffield – 1828 yilda tashkil etilgan bo’lib, Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida joylashgan. Ushbu universitet Russell Group ning elita tarkibiga kiradi va Buyuk Britaniyaning top-15 eng yaxshi universitetlari qatoridan joy olgan. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

Russel Group – bu Buyuk Britaniyaning eng taniqli ilmiy tadqiqot universitetlari birlashmasi bo’lib, unga Kembrij va Oksford ham kiradi. Mazkur guruh bitiruvchilari oliy ma’lumotga ega bitiruvchilarning atigi 17 foizini tashkil etishiga qaramay, Buyuk Britaniyadagi oliy ma’lumot talab qiladigan ishlarning 61 foizini egallaydilar. Russell Group a’zolariga Buyuk Britaniyada olingan barcha doktorlik darajalarining 60 foizi to’g’ri keladi.

Universitet tadqiqotlarga o’rtacha yarim milliardgacha mablag ‘sarflaydi, 8 ta Nobel mukofoti sovrindori ushbu universitetning yoki bitiruvchilari yoki ishchilari hisoblanadi, bu esa universitetning ilmiy faolligining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.

Sheffild universitetida 30 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.

Sheffild universiteti haqida qiziqarli faktlar:

  • Sheffild Rolls-Royce, McLaren Automotive, Siemens, BAE Systems kabi sanoat yetakchilari bilan yaqin tadqiqot hamkorligi va Yevropadagi birinchi Boeing zavodi kabi yirik ishlanmalari bilan yaxshi tanilgan.
  • Sheffild universiteti so’nggi o’n besh yil davomida QS tomonidan dunyoning eng yaxshi 100 ta universiteti qatoriga kiritilgan (2021 yilda dunyoda 93-o’rin). Ushbu universitet TIMES ma’lumotlariga ko’ra Angliyadagi universitetlar orasida 23-o’rinni egallaydi.
  • 8 ta Nobel mukofoti sovrindorlari Sheffild universiteti bilan aloqasi mavjud va ularning oltitasi universitetning bitiruvchilari yoki sobiq xodimlari sanaladi.
  • Sheffild universiteti 1998, 2000, 2002 va 2007 yillarda to’rt marotaba Queen’s Anniversary Prize mukofotiga sazovor bo’lgan. 2011 yilda u Times Higher Education jurnali tomonidan “Yil universiteti” deb topildi.
  • Ushbu universitet 2019 yilgi Milliy Talabalar So’roviga ko’ra talabalarning qoniqish darajasi bo’yicha Russell Group da ikkinchi o’rinda turadi, uning talabalar uyushmasi esa Whatuni Student Choice Awards tomonidan (2020, 2019, 2018, 2017) to’rt yil ketma-ket Buyuk Britaniyada eng yaxshi universitet deb topildi.
  • QS ma’lumotlariga ko’ra arxitektura fakulteti dunyoda 27-o’rinda, muhandislik va texnologiya fanlari bo’yicha dunyoda 98-o’rinda, ijtimoiy fanlar bo’yicha 70-o’rinda turadi.

Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistratura esa 1 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarning anchayin puli va vaqtini tejaydi. The University of Sheffield, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.

O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Fakultetlar

Sheffild universiteti 250 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.sheffield.ac.uk/)

Talablar va narx

Bachelor's degree

Narxi
20000£
dan boshlab
Narxi
25000 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Master's degree

Narxi
24000£
dan boshlab
Narxi
30000 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Foundation

Narxi
17500£
dan boshlab
Narxi
21875 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5

Pre-Master's

Narxi
24950£
dan boshlab
Narxi
31188 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00