University of Huddersfield
University of Huddersfield
University of Huddersfield – 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, Buyuk Britaniyaning Haddersfild shahrida joylashgan. Ushbu universitet davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va Buyuk Britaniyaning eng yaxshi 50 ta universiteti ro’yxatiga kiritilgan. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.
Xuddi shu nomdagi shaharda 150 mingdan sal ko’proq aholi istiqomat qiladi, u ikkala tomondan Manchester va Sheffild bilan chegaradosh. Universitetda sportga katta e’tibor beriladi.
Haddersfild universitetida 17000 dan ortiq talaba tahsil oladi.
Universitet haqida qiziqarli faktlar:
- O’qitish sifati universitetning asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib, 2017 yilda Oliy Ta’lim Akademiyasining Global Teaching Excellence Award mukofotiga va Teaching Excellence Framework (TEF) dan oltin mukofotga sazovor bo’ldi. 2020 yilda pedagogik malakaga ega o’qituvchilar soni bo’yicha Angliyada 1-o’rinni egalladi
- Haddersfild universiteti Complete 2021 bo’yicha Buyuk Britaniya universitetlari orasida 53-o’rinni egalladi.
- Ijro san’ati fakulteti QS2021 bo’yicha universitetlar orasida dunyoda 27-o’rinni egalladi.
- Biznes va iqtisodiyot fakultetlari, shuningdek, yuridik fakulteti The World University rankings ga ko’ra dunyoning Top-250 va Top-200 ro’yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.
Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.
Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistratura esa 1 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarning anchayin puli va vaqtini tejaydi. University of Huddersfield, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.