
Birmingham City University
Birmingham City University
Birmingem Siti Universiteti 1992 yilda universitet maqomini ega bo’lgan davlat universitetidir. Universitet Birmingem markazida joylashgan va bugungi kunda eng yuqori darajadagi ta'lim markazi bo'lib, ijodkorlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga o’z hissasini qo'shadi. Bu yerda san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlar, texnik fanlar, pedagogika va sog‘liqni saqlash kabi fanlar muvaffaqiyatli o‘qitilmoqda. Universitet amaliy mashg‘ulotlarga asoslangan samarali o‘qitish usullari bilan mashhur bo‘lib, teatr va musiqa, dizayn, media, pedagogika va sog‘liqni saqlash, san’at yo‘nalishlari bo‘yicha eng kuchli ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
O'zining joylashuvi bo'yicha ushbu ta'lim muassasasi ko’p xarajatli manbalaridan biri bo'lgan uy-joy narxining pastligi (haftasiga 80 funtdan) tufayli Angliyadagi boshqa muassasalardan mutloq ajralib turadi. Universitetda beshta kampus mavjud bo'lib, ular shaharning turli qismlarida joylashganligi va uslubi bilan farqlanadi. Talabalar har birida 2000 ta yaxshi jihozlangan xonadan iborat oltita binoda joylashgan. Barcha xonalarda telefon va bepul internet mavjud. Yettita ajoyib universitet kutubxonasi to'plamida 950 000 dan ortiq kitob va 9 000 jurnal mavjud. Talabalar virtual o'rganish imkoniyatiga ega. Shuningdek, maxsus “Job Shop” talabalar markazi talabalarning bo‘sh vaqtlarida bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Angliyada bakalavrlar uchun ta'limning katta afzalliklaridan biri universitetni 3 o'quv yilida tamomlash imkoniyatidir, magistr darajasi esa 1 yil davom etadi. Bu yosh talabchan talabalar uchun ko'p pul va vaqtni tejaydi. Birmingem Siti universiteti shuningdek, Foundation, Pre-Master va til kurslarini taqdim etadi.
O’qishga qabul qilish yiliga 3 marta: sentyabr, yanvar va may oylarida amalga oshiriladi.