bnt-close
Buyuk Britaniya

Anglia Ruskin University

da o'qish
Cambridge, Buyuk Britaniya

Anglia Ruskin University

Angliya Ruskin universiteti – 1858 yilda tashkil etilgan bo’lib, sharqiy Angliyadagi eng yiik universitet hisoblanadi. Shuningdek, u davlat universiteti maqomiga ega nufuzli universitet ekanligi ushbu muassasadan o’qish taklifini olgan talabalar uchun viza natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Times Higher Education 2021 reytingiga ko’ra, universitet dunyoning TOP-350 ta eng yaxshi universitetlari qatoriga kiradi. Angliyaning uchta shahrida: Kembrij, Chelmsford va Londonda – joylashgan zamonaviy kampuslarga egalik qiladi. Mazkur universitet Kembrij universiteti bilan qo’shni bo’lib, ushbu shaharda joylashgan kampus talabalari istalgan vaqtda bemalol shunday taniqli o’quv muassasasining kutubxonalari, ilmiy markazlari va o’quv xonalariga tashrif buyurishlari mumkin.

Bugungi kunda bu yerda 31 mingdan ortiq talabalar oliy va malakaviy ta’lim olishmoqda. Ularning 20 foizdan ortig’i – dunyoning turli mamlakatlari vakillari. Yangi xalqaro talabalarni “Qabul qilish va tanishtirish dasturi” Angliyadagi eng yaxshi dasturlardan biri sifatida tan olingan.

Bu yerda karyera markazi ancha rivojlangan, shu tufayli, HESA statistik ma’lumotlariga ko’ra, bitiruvchilarning aksariyati (10 dan 9 nafari) diplom olganidan keyingi dastlabki 6 oy ichida muvaffaqiyatli ish bilan ta’minlanadi.

Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri universitetni 3 o’quv yilida tugatish imkoniyati ekanligi bilan bir qatorda, magistrlik darajasi 1 yil davom etishidan tashqari, universitet 2 yillik International Business Management yo’nalishi bo’yicha eksklyuziv dasturni taklif etadi! Dastur bir o’quv yilida uch semestrdan iborat bo’lib, talaba ikki yil ichida bakalavr darajasini oladi. Bu talabchan va maqsadga intiluvchan talabalar uchun ko’p pul va vaqtni tejashga imkon beradi. Shuningdek, Angliya Ruskin universiteti Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.

Talablar va narx

Foundation

Narxi
11950£
dan boshlab
Narxi
14938 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5 eng pas komponent 5.5 bilan

Bakalavriat

Narxi
13900£
dan boshlab
Narxi
17375 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5 eng pas komponent 5.5 bilan

Pre-Masters

Narxi
7250£
dan boshlab
Narxi
9063 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5 eng pas komponent 5.5 bilan

Magistratura

Narxi
14300£
dan boshlab
Narxi
17875 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00