Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Buyuk Britaniya

University of Greenwich

da o'qish
London, Buyuk Britaniya

University of Greenwich

Grinvich universiteti 1890 yilda tashkil etilgan jamoat tadqiqot universiteti. Universitet Londonda, Grinvichning markaziy qismida, Eski Qirollik dengiz kolleji va Grinvich rasadxonasi yonida joylashgan. Universitetda 20 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Grinvich universiteti xalqaro universitehisoblanadi va u yerda 140 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar tehsil oladilar. Bu esa universitetda ko'p madaniyatli talabalar muhitini tashkil qiladi. Universitetning juda yaxshi joylashuvi tufayli talabalar London shahri - dunyoning biznes va moliyaviy markazi yaqinida yashaydilar va o'qiydilar. Universitet chet ellik talabalar uchun mo'ljallangan, zamonaviy mehnat bozori tomonidan yuqori baholangan akademik bilimlarga ega bo'lishga imkon beradigan keng ko'lamli dasturlarni taklif etadi.

Universitet London va Kentdagi eng obro'li universitetlardan biri bo'lib, u eng yuqori sifatli ta'limga ega, hamda 125 yildan ortiq shakllangan ta'lim merosi bilan faxrlanadi. Unda eng yangi uskunalar bilan jihozlangan uchta kampus, shuningdek, ilmiy faoliyat va innovatsiyalarning ajoyib an'analari mavjud. Universitet professor -o'qituvchilari tarkibiga Buyuk Britaniyaning bir qancha xizmat ko'rsatgan o'qituvchilari mukofoti sovrindorlari kiritilgan bo'lib, ular o'quv tajribasi va berilayotgan bilimini noyob qiladi.

Universitetning mashhur mutaxassisliklari:

  1. Arxitektura
  2. Biznes
  3. Informatika
  4. Matematika
  5. Ta'lim
  6. Muhandislik
  7. Gumanitar fanlar
  8. Tabiiy fanlar
  9. Farmatsevtika vositalari
  10. Ijtimoiy fanlar.

Talablar va narx

Bachelor's degree

Narxi
15100£
dan boshlab
Narxi
18875 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Master's degree

Narxi
16000£
dan boshlab
Narxi
20000 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00