
University of Hertfordshire
University of Hertfordshire
University of Hertfordshire – Xertfordshir shtatida joylashgan davlat universiteti bo’lib, 1992 yilda universitet maqomini oldi va dunyoning eng yaxshi 100 yosh universitetlari reytingida 9-o’rinni egalladi (Times Higher Education). Bu yerda 25 000 dan ortiq talaba tahsil oladi, ularning 17% chet elliklardir. Universitet ajoyib akademik yutuqlar va zamonaviy tadqiqotlari bilan ajralib turadi (Guardian University Award 2015 for best Student Experience).
Londondan 25 daqiqalik yo’l narida juda chiroyli va qulay joylashgan universitet kampuslari mavjud. Ushbu universitet joylashuvining afzalliklaridan biri Londonning markaziga nisbatan yashash narxining pastligidir. Universitetning qulay kampuslari barcha xorijiy talabalarga muntazir.
O’zining yuqori obro’si va o’qitishning innovatsion usullari tufayli, Xertfordshir universiteti bitiruvchilari deyarli diplomlarini olgandan so’ng darhol ishga joylashadilar. Bitiruvchilarning taxminan 20 foizi o’z ona universiteti devorlarida ishlashni davom ettirmoqdalar. Universitet o’z talabalariga samarali va qiziqarli o’quv jarayoni uchun maksimal sharoit va imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu yerdagi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish to’g’risida ham g’amxo’rlik qilishgan.
Hashamatli kutubxona, yuzlab kompyuterlashtirilgan ish o’rinlari, yuqori sifatli IT-xizmat. Bularning barchasi butun ta’lim jarayonida kecha-yu kunduz talabalar uchun mavjud.
Talabalarni ish bilan ta’minlash xizmati, shuningdek, talabalarning bo’sh vaqtlarida ish bilan ta’minlash uchun har tomonlama yordam ko’rsatmoqda.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.
Ustunliklari
- Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistratura esa 1 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarning anchayin puli va vaqtini tejaydi.
- University of Hertfordshire, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.