
Robert Gordon University
Robert Gordon University
Shotlandiyaning eng xavfsiz shahrida joylashgan Robert Gordon universiteti Aberdinning ikkita eng yirik universitetlaridan biridir. Shuningdek, u yaxshi obro’li bo’lgan davlat universiteti maqomiga ega, bu esa ushbu universitetdan o’qish taklifini olgan talabalar uchun viza natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. The Times nufuzli nashrga ko’ra, ushbu universitet Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi zamonaviy universitet hisoblanadi.
Robert Gordon Universitetidagi dasturlarning 90% amaliyot kursini o’z ichiga oladi. Universitet Shotlandiyada bitirgandan keyin talabalarni ish bilan ta’minlash bo’yicha eng yuqori ko’rsatkichga ega – 96,2%. Ushbu ko’rsatkichga erishishda universitetning ta’limga bo’lgan munosabati yordam beradi. Barcha dasturlar talaba o’qishni tugatgandan so’ng darhol o’z mutaxassisligi bo’yicha munosib ish topishini ta’minlashga qaratilgan. Mutaxassislik amaliyoti ushbu universitetning aksariyat dasturlarida keng tarqalgan.
Universitetdagi talabalar birlashmasi tufayli Robert Gordon universitetidagi ijtimoiy hayot ham juda rivojlangan. U Schoolhill kampusida joylashgan bo’lib, u yerda talabalar darslardan keyin to’planib, billiard o’ynashadi, kafe yoki barda do’stlari bilan o’tirishadi, sport zalida mashq qilishadi yoki mahalliy do’konga tashrif buyurishadi, kechqurun esa taklif qilingan DJlar ishtirokidagi diskotekalar bo’lib o’tadi.
Robert Gordon universiteti 100 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega, shu jumladan Britaniyaning eng yaxshi muhandislik fakultetlari (Guardian 2015). Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Oktyabr, Fevral va May.
Ustunliklari
- Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistrlik darajasi esa 1 yil. Bu esa yosh talabchan talabalarni anchayin puli va vaqtini tejaydi.