University of Bristol
University of Bristol
University of Bristol – 1909 yilda tashkil etilgan bo’lib, Atlantika okeanining qirg’og’idagi Bristol shahrida joylashgan. Ushbu universitetning muhandislik maktabi Britaniyadagi eng qadimgi maktablardan biri bo’lib, 1595 yilda tashkil etilgan. Ushbu universitet Russell Group ning elita tarkibiga kiradi va Buyuk Britaniyaning top-10 eng yaxshi universitetlari qatoridan joy olgan. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.
Russel Group – bu Buyuk Britaniyaning eng taniqli ilmiy tadqiqot universitetlarining birlashmasi bo’lib, unga Kembrij va Oksford ham kiradi. Ularning bitiruvchilari oliy ma’lumotga ega bitiruvchilarning atigi 17 foizini tashkil etishiga qaramay, Buyuk Britaniyadagi oliy ma’lumot talab qiladigan ishlarning 61 foizini egallaydilar. Russell Group a’zolariga Buyuk Britaniyada olingan barcha doktorlik darajalarining 60 foizi to’g’ri keladi.
Bristol universiteti 200 dan ortiq bakalavr yo’nalishlarini taklif etadi va dunyodagi 500 dan ortiq hamkor universitetlarga ega. Ayni paytda universitetda 25 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda, ilmiy va laboratoriya tadqiqotlariga katta e’tibor berilmoqda.
2021 yil holatiga ko’ra High Fliers Research ma’lumotlariga binoan, ushbu universitet talabalari Buyuk Britaniyaning barcha universitetlari orasida eng talab kuchli bitiruvchilaridan hisoblanadi.
Bristol universiteti haqida qiziqarli faktlar:
- Ushbu universitetning 13 nafar bitiruvchisi Nobel mukofoti sovrindorlari
- Dunyoning eng yaxshi universitetlari TOP-50 taligiga kiritilgan
- Angliyaning eng yaxshi 5 ta tadqiqot universitetlaridan biri
- Bristol – Buyuk Britaniyada joylashuv jihatdan yashash uchun eng yaxshi shahar
- Complete University Guide 2021 ga binoan mexanik muhandislik Buyuk Britaniyada eng yaxshisi hisoblanadi
- Bugungi kunda universitetda dunyoning 150 mamlakatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda
- Bristoldagi eng keksa o’quvchi 80 yoshda
Ta’lim narxi
Narxlar Birlashgan Qirollik mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (GBP – funt sterling).
Foundation | Bakalavriat | Magistratura | |
Bir yilga | £20 100 | £20 100 | £24 700 |
* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi
Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.
Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.
Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistratura esa 1 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarning anchayin puli va vaqtini tejaydi. University of Bristol, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.
Ustunliklari
Foundation | Bakalavriat | Magistratura |
IELTS 5.5 with no band lower 5.0 | IELTS 6.0 with no band lower 5.5 | IELTS 7.0 with no band lower 5.5 |
O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Fakultetlar
Bristol universiteti 250 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (http://www.bristol.ac.uk/)