University of Essex
University of Essex
University of Essex – 1963 yilda tashkil etilgan, Buyuk Britaniyaning Kolchester shahri yaqinidagi Esseks grafligida joylashgan. Ushbu universitet davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va Buyuk Britaniyaning top-35 eng yaxshi universitetlari ro’yxatiga kiritilgan. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.
Esseks universiteti uchun universitetning barcha ma’muriy, o’quv binolari va yotoqxonalari bir joyda joylashgan bo’lsa, “universitet kampusi” tushunchasi amal qiladi. Ushbu universitet AQSh, Avstraliya va Kanadadadan 19 ta hamkor ta’lim muassasalariga ega bo’lib, bu uning talabalariga almashinuv dasturi asosida bir yilni chet elda o’qish imkoniyatini beradi. Ayni paytda universitetda dunyoning 130 mamlakatidan 15 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.
Times Higher Education 2018 ma’lumotlariga ko’ra, Esseks universiteti yilning eng yaxshi ta’lim muassasasiga aylandi.
Ta’lim narxi
Narxlar Birlashgan Qirollik mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (GBP – funt sterling).
Foundation | Bakalavriat | Magistratura | |
Bir yilga | £17050 | £18500 | £19380 |
* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi
Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.
Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.
Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistratura esa 1 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarning anchayin puli va vaqtini tejaydi. University of Essex, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.
Ustunliklari
Foundation | Bakalavriat | Magistratura |
IELTS 5.5 with no band lower 5.0 | IELTS 6.0 with no band lower 5.5 | IELTS 7.0 with no band lower 5.5 |
O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Fakultetlar
Esseks universiteti 250 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.essex.ac.uk/)