University of Glasgow
University of Glasgow
University of Glasgow – 1451 yilda tashkil topgan, Shotlandiyaning eng yirik shahri markazida joylashgan bo’lib, Buyuk Britaniyaning eng qadimgi universitetlaridan biri hisoblanadi. Ushbu universitet Russell Group ning elita tarkibiga kiradi va Buyuk Britaniyaning top-15 eng yaxshi universitetlari qatoridan joy olgan. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.
Russel Group – bu Buyuk Britaniyaning eng taniqli ilmiy tadqiqot universitetlarining birlashmasi bo’lib, unga Kembrij va Oksford ham kiradi. Ularning Ushbu universitet Russell Group ning elita tarkibiga kiradi va Buyuk Britaniyaning top-15 eng yaxshi universitetlari qatoridan joy olgan. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.bitiruvchilari oliy ma’lumotga ega bitiruvchilarning atigi 17 foizini tashkil etishiga qaramay, Buyuk Britaniyadagi oliy ma’lumot talab qiladigan ishlarning 61 foizini egallaydilar. Russell Group a’zolariga Buyuk Britaniyada olingan barcha doktorlik darajalarining 60 foizi to’g’ri keladi.
The Times Higher Education ma’lumotlariga ko’ra Glazgo universiteti Buyuk Britaniyadagi yiln universiteti sanaladi. Ayni paytda universitetda 30 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda va ularning uchdan bir qismi dunyoning 140 mamlakatidan kelgan chet elliklardir.
Glazgo universiteti ilmiy tadqiqotlarga ko’p mablag’ sarflaydi va ko’plab Nobel mukofotlari sovrindorlari ushbu ta’lim muassasasi bilan chambarchas bog’liq.
Glazgo universiteti haqida qiziqarli faktlar:
- Glazgoning 3 ta bitiruvchisi Buyuk Britaniyaning bosh vaziri bo’lgan
- Dunyoning TOP-80 eng yaxshi universitetlari ro’yxatiga kiritilgan
- Jeyms Uilson – AQShning asoschilaridan biri, ushbu universitet bitiruvchisi bo’lgan
Quyidagi fanlar bo’yicha Glazgo universiteti Oksford va Kembrijdan ustun turadi:
- Accounting & Finance Buyuk Britaniyada top-1
- Civil Engineering Buyuk Britaniyada top-2
- Animal Behavior Buyuk Britaniyada top-1
- Education Buyuk Britaniyada top-1
- Social Policy and Administration Buyuk Britaniyada top-3
- Sports Science Buyuk Britaniyada top-1
- Universitetda 150 dan ortiq turli xil klublar mavjud bo’lib, bu esa ijtimoiy hayotni juda boy va qizg’in bo’lishiga sabab bo’ladi
- Universitet kampusi nihoyatda go’zal joyda joylashgan, o’qish va tabiat bilan xavfsiz uyg’unlik uchun ideal joy.
Ta’lim narxi
Narxlar Birlashgan Qirollik mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (GBP – funt sterling).
Foundation | Bakalavriat | Magistratura | |
Bir yilga | £17240 | £17650 | £21580 |
* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi
Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.
Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.
Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistratura esa 1 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarning anchayin puli va vaqtini tejaydi. University of Glasgow, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.
Ustunliklari
Foundation | Bakalavriat | Magistratura |
IELTS 5.5 with no band lower 5.5 | IELTS 6.0 with no band lower 5.5 | IELTS 7.0 with no band lower 5.5 |
O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Fakultetlar
Glazgo universiteti 200 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.gla.ac.uk/)