Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Buyuk Britaniya

University of York

da o'qish
York, Buyuk Britaniya

University of York

University of York – 1963 yilda tashkil etilgan bo’ib, York shahrida joylashgan. Ushbu universitet Russell Group ning elita tarkibiga kiradi va Buyuk Britaniyaning top-20 eng yaxshi universitetlari qatoridan joy olgan. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

Russel Group – bu Buyuk Britaniyaning eng taniqli ilmiy tadqiqot universitetlarining birlashmasi bo’lib, unga Kembrij va Oksford ham kiradi. Ularning bitiruvchilari oliy ma’lumotga ega bitiruvchilarning atigi 17 foizini tashkil etishiga qaramay, Buyuk Britaniyadagi oliy ma’lumot talab qiladigan ishlarning 61 foizini egallaydilar. Russell Group a’zolariga Buyuk Britaniyada olingan barcha doktorlik darajalarining 60 foizi to’g’ri keladi.

York universiteti siyosat, xalqaro munosabatlar, diplomatiya kabi fanlarda juda kuchli hisoblanadi, dunyoning turli mamlakatlaridan ko’plab rahbarlar, vazirlar ushbu universitetni bitirgan. Buyuk Britaniyaning Parlamenti 15 deputati, Lordlar palatasining 5 deputati, Shotlandiya parlamentining 2 deputati va bir nechta vazirlar ushbu universitet bitiruvchilari. Ayni paytda universitetda 19 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda va ularning 23% chet elliklardir.

Sunday Times Best Places to Live 2020 ma’lumotlariga ko’ra, York shahri Buyuk Britaniyaning eng qadimiy va Angliyaning eng go’zal shahri hisoblanadi.

York universiteti haqida qiziqarli faktlar:

  • Yillik byudjeti 400 million bo’lgan yirik tadqiqot universiteti
  • Dunyoning eng yaxshi universitetlari TOP-150 ro’yxatiga kiritilgan
  • Talabalarning ta’limdan qoniqish darajasi bo’yicha u Buyuk Britaniyada birinchi o’ntalikka kiradi
  • Bitiruvchilarning 94% o’qishni tugatgandan keyingi 6 oy ichida ishga kirishadi
  • Teaching Excellence Framework ga ko’ra eng yuqori oltin maqomga ega

Ta’lim narxi

Narxlar Birlashgan Qirollik mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (GBP – funt sterling).

FoundationBakalavriatMagistratura
Bir yilga£17740£18350£22440

* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi

Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistratura esa 1 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarning anchayin puli va vaqtini tejaydi. University of York, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.

Ustunliklari

    FoundationBakalavriatMagistratura
    IELTS 5.5 with no band lower 5.5IELTS 6.0 with no band lower 5.5IELTS 7.0 with no band lower 5.5

    O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin

     

    Fakultetlar

    York universiteti 250 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.york.ac.uk/)

     

Talablar va narx

Foundation

Narxi
19050£
dan boshlab
Narxi
23813 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5

Bachelor's degree

Narxi
19600£
dan boshlab
Narxi
24500 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Master's degree

Narxi
19950£
dan boshlab
Narxi
24938 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Pre-master's

Narxi
23310£
dan boshlab
Narxi
29138 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00