UWE Bristol
UWE Bristol
UWE Bristol – 1595 yilda tashkil topgan, Bristol shahri va uning tashqarisida joylashgan. Ushbu universitet davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va Buyuk Britaniyaning top-25 ta eng yaxshi universitetlari ro’yxatiga kiritilgan. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.
Universitetning to’liq nomi – University of the West of England Bristol, yuqori reytinglardan tashqari, ushbu universitet o’z kampusida 70 ta texnologiya kompaniyalari joylashgan ulkan biznes markaziga ega. Universitet, shuningdek, talabalar shaharchasida butun Yevropadagi eng yirik robototexnika laboratoriyasiga ega, uning yillik moliyalashtirilishi 16 million funt sterlingni tashkil etadi. Ayni paytda universitetda dunyoning 120 mamlakatidan kelgan 30 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.
2021 yil holatidagi Guardian University Guide statistik ma’lumotlarga ko’ra, ushbu universitet Buyuk Britaniyada talabalarning universitet ta’limidan qoniqish darajasi bo’yicha top-3 likka kiradi.
Foundation | Bakalavriat | Magistratura | |
Bir yilga | £13000 | £13500 | £13500 |
Ta’lim narxi
Narxlar Birlashgan Qirollik mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (GBP – funt sterling).
* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi
Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.
Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.
Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistratura esa 1 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarning anchayin puli va vaqtini tejaydi. UWE Bristol, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.
Ustunliklari
Foundation | Bakalavriat | Magistratura |
IELTS 5.5 with no band lower 5.0 | IELTS 6.0 with no band lower 5.5 | IELTS 7.0 with no band lower 5.5 |
O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Fakultetlar
University of the West of England Bristol 200 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.uwe.ac.uk/)