The Hague University of Applied Sciences
The Hague University of Applied Sciences
The Hague University of Applied Sciences
Gaaga Amaliy Fanlar Universiteti (The Hague University of Applied Science) – 1987-yilda ochilgan davlat oliy o’quv yurti bo’lib, uning bosh kampusi Gaaga shahrida joylashgan.
Ushbu oliygoh talabalarning turli tuman mamlakatlardan kelganligi bilan mashxur – universitet hududida 146 millat vakillari tahsil olmoqda. Universitet Gaaga shahri va uning atrofidagi kompaniyalar, davlat tashkilotlari va halqaro tashkilotlarning vakilliklari bilan ish olib boradi. Universitet o’zining halqaro nufuziga tayangan holda talabalarga halqaro amaliyotlar va almashish dasturlarini taklif etadi.
2018-yilning The World University Rankings reytingiga ko’ra oliygoh Evropa universitetlari orasida 201-o’rinni egallaydi. Hozirgi kunda universitetda 25 000 dan ziyod talaba tahsil olmoqda.
Gollandiyaning ta’lim tizimi dunyodagi eng innovatsion va progressiv hisoblanadi. Ushbu tizim analitik munozaralar va amaliy tajribaga tayangan holda ta’lim berishga asoslangan. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’yicha qattiqqo’l milliy tizim tufayli Gollandiyada beriladigan oliy ta’lim jahonda hurmat qilinadi.
O’qish bir yilda bir marta boshlanadi: sentyabr oyida. O’qishga hujjat topshirish esa iyul oyining o’rtasigacha davom etadi.
Til bilish talablari
Foundation Bakalavr
IELTS 5.0 IELTS 6.0
O’qishga kirish haqida batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyamiz mutaxassislari bilan bepul suhbatga yozilishingiz mumkin.
O’qish narxlari
Foundation Bakalavr
Bir yil uchun 9250-12500 EUR 8 375 EUR
Narxlar Evropa Ittifoqi pul birligi evroda ko’rsatilgan.
*universitet ushbu narxlarni bir tomonlama o’zgartirish huquqiga ega.
Chegirmalar va stipendiyalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Universe Group kompaniyasining ofisiga muroojat qiling.
Yo’nalishlar
Universitet asosan bakalavr darajasida ta’limni amalga oshiradi: 42-ta full-time (to’liq vaqtli), 21-ta part-time (jumladan 9 tasi ingliz tilida) va 10 ta ikkita mutaxassislik beradigan bakalavr o’quv dasturlari mavjud. O’quv dasturlari 6 ta asosiy sohalarga va ko’plab yo’nalishlarga bo’linadi, jumladan tehnologiyalar, innovatsiyalar va jamiyat, davlat boshqaruvi, huquq va havfsizlik, boshqaruv va menedjment, AKT va ommaviy ahborot vositalari, sog’liqni saqlash va sport, iqtisodiyot va moliya, va shuningdek ijtimoiy ta’minlash va ta’lim.
Batafsil ma’lumot uchun Universe Group kompaniyasi ofisi bilan bog’laning yoki universitetning rasmiy saytiga kirib ko’ring.
- O’zbekistonlik talabalar uchun Gollandiyada o’qishning afzalliklaridan biri bu Gollandiyada qolib o’z sohasida ishlash va yashashga ruhsatnoma olish imkoniyatidir
- Shuningdek, 16-yoshdan bakalavrga qabul qilish, va talabalarning eng yaxshi biznes g’oyalarini universitet tomonidan moliyalashtirish kabi imkoniyatlar ham bor!