Erasmus University Rotterdam

Gollandiyada ta’lim

Erasmus University Rotterdam (EUR) — Gollandiyaning ikkinchi yirik shahri Rotterdamda joylashgan 1913 yilda tashkil etilgan davlat tadqiqot universiteti. Niderlandiyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

EUR da 29000 dan ortiq talabalar o’qiydi.

Universitet beshta joyda o’z kampuslariga ega, ulardan to’rttasi Rotterdamda va bittasi Gaagada. EUR kampuslari talabalar hayoti uchun zarur bo’lgan barcha narsalar, jumladan supermarketlar, sartaroshxonalar va kinoteatrlar bilan jihozlangan.

Universitet haqida qiziqarli faktlar:

·         Universitet bitiruvchilari orasida: Nobel mukofoti sovrindori, Gollandiyaning sobiq bosh vaziri, Gollandiya shahzodasi, “Ayaks” futbol klubining sobiq bosh direktori ham bor.

·         EUR dunyo universitetlari reytingida 72-o’rinni, Gollandiyada 4-o’rinni egallab turibdi (Times Higher Education 2021). Bundan tashqari, universitetning biznes va iqtisodiyot sohasidagi o’quv dasturlari dunyoning top-30 taligiga kiradi.

·         EUR Medical Center – Gollandiyadagi eng yirik va yetakchi akademik tibbiy va travmatologiya markazlaridan biri (QS reytingi bo’yicha dunyoda 35-o’rin).

 

O’qishga topshirish

Gollandiya ta’lim tizimi dunyodagi eng innovatsion va ilg’or tizimlardan biridir. U analitik munozaralar va amaliy tajriba bilan o’rganishga asoslangan. Gollandiyal oliy ta’limi yuqori sifat bo’yicha xalqaro obro’ga ega bo’lib, uni qat’iy milliy sifat kafolati tizimi qo’llab-quvvatlaydi. O’zbek talabalari uchun bakalavriatni Gollandiyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu Gollandiyada ishlash va yashash uchun ruxsat olish uchun haqiqiy imkoniyatdir. Bundan tashqari, 16 yoshdan boshlab bakalavr darajasida o’qish, shuningdek, universitet byudjetidan eng yaxshi talaba startaplarni tanlov asosida moliyalashtirish imkoniyatlari mavjud!

Qabul yiliga bir marta amalga oshiriladi: Iyul oyining o’rtasiga qadar.

O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Fakultetlar

Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring.

https://www.eur.nl/

Bepul maslahat uchun buyurtma bering

Ma'lumotlaringizni qoldiring va mutaxassislarimiz tez orada sizga qo'ng'iroq qilishadi