Simon Fraser University Vankuver,Kanada

Simon Fraser University (SFU) Vankuver shahrida joylashgan. Oliygoh 1965-yilda tashkil etilgan va hozirgi kunda bu Kanadaning eng yaxshi universitetlaridan biri. Uning tarkibiga eng zamonaviy tehnologiyalar bilan jihozlangan uchta kampus kiradi. Aytib o’tish kerakki, universitet kutubxonasining fondi 2 milliondan ko’p kitoblarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, universitet tarkibida muzey, galereya, sa’nat maktabi, sport markazi, basseyn va sport maydonlari mavjud.

Hozirgi kunda SFU da 35 000 dan ziyod talaba oliy ta’lim olmoqda. Ularning katta qismi (7 000 dan ziyod) turli mamlakatlardan kelgan.

Universitet innovatsion o’qitish uslublarini dinamik va faol oq’llash bilan ajralib turadi. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi.

2007-yildan boshlab universitet boshqa olygohlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan o;quv dasturlarini taklif etadi va ularning yakuni ikkita diplom beradi.

SFU har yili muntazam ravishda mustaqil regional agentlikning sifat tekshiruvidan o’tadi, va bu tekshiruv natijalari AQSh va boshqa mamlakatlarda tan olinadi.

Universitet jahonning 100 ta eng yaxshi universitetlari qatoriga kiradi.

Bakalavr darajasida tehsil olayotgan talabalar universitetdan uncha uzoqda bo’lmagan turar joylarda istiqomat qilishlari mumkin. Magistraturadagilar ham bu yerda yashashi mumkin, lekin ular uchun honalar soni cheklangan.

Batafsil ma’lumot olish uchun bizning mutaxassislarimizga muroojat qiling. Ular Sizning talablaringizni o’rganib chiqib, optimal o’quv dasturini taklif etishadi.

Yo’nalishlar

SFU ko’plab yo’nalishlar bo’yicha o’quv dasturlarini taklif etadi, jumladan:

• biznes boshqaruvi
• sa’nat
• ijtimoiy fanlar
• ta’lim
• gumanitar fanlar
• sog’liqni saqlash
• psihologiya
• chet tillari
• muhandislik ishi
• sotsiologiya
• kommikatsiya va tehnologiyalar

O’quv dasturlari haqida batafsil ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Narxlari:

Foundation – 21815 CAD

Bachelor – 29777 CAD

Bepul maslahat uchun buyurtma bering

Ma'lumotlaringizni qoldiring va mutaxassislarimiz tez orada sizga qo'ng'iroq qilishadi