Lipscomb University

AQSHda ta’lim

Lipscomb University – 1845 yilda tashkil etilgan, AQShning Tennesi shtatidagi Neshvill shahrida joylashgan. Ushbu universitet Amerikada talab yuqori bo’lgan xususiy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

US News & World Report ga ko’ra Lipscomb Universiteti AQShning janubidagi mintaqaviy universitetlar orasida 18-o’rinni va AQSh universitetlari orasida 206-o’rinni egalladi. Talabalar shaharchasi g’arbiy qismidan Belmont bulvari va sharqda Granny White Pike o’rtasida, Neshvillning Green Hills hududida joylashgan. Lipscombning bandlik darajasi 2017-18 yillarda 95 foizni tashkil etdi. Bu bitiruvdan keyin olti oy ichida ishlagan yoki aspiranturaga o’qishga kirgan bakalavriat bitiruvchilarining soniga asoslangan edi.

Ushbu universitetda 5000 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Universitet haqida qiziqarli faktlar:

Ta’lim narxi

Narxlar Amerika Qo’shma Shtatlari mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (USD – AQSH dollari).

  Bakalavriat Magistratura  
Bir yilga $32340 $35637

* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Qo’shma Shtatlar talabalari universitetni 4 o’quv yilida tugatish imkoniyatiga ega, magistratura esa 2 yil davom etadi. Lipscomb University, shuningdek Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va Iyun.

Foundation Bakalavriat Magistratura
IELTS 5.5 with no band lower 5.5 IELTS 6.0 with no band lower 5.5 IELTS 7.0 with no band lower 5.5

O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Fakultetlar

Lipskomb universiteti 70 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega, Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (http://international.lipscomb.edu/)

Bepul maslahat uchun buyurtma bering

Ma'lumotlaringizni qoldiring va mutaxassislarimiz tez orada sizga qo'ng'iroq qilishadi