Vrije Universiteit Amsterdam

Gollandiyada ta’lim

Vrije Universiteit Amsterdam (VU)) – bu 1880 yilda tashkil etilgan, Gollandiyaning Amsterdam shahrida joylashgan davlat tadqiqot universiteti. Niderlandiyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

VU da 23 000 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Universitet Amsterdamning janubiy Buitenveldert tumanida, zamonaviy biznes tumani Zuidasning yonidagi ixcham shahar kampusida joylashgan.

Universitet haqida qiziqarli faktlar:

·         Amsterdam VU universiteti doimiy ravishda dunyoning eng yaxshi OTMlari qatoriga kiradi va 2021 yil uchun Times Higher Education World University reytingida 116-o’rinni egallab turibdi.

·         Universitet Gollandiyaning eng tez rivojlanib borayotgan biznes-tumanlaridan biri – Zuidasda joylashgan. Google, Mitsubishi, Boeing va Niko kabi 800 dan ortiq kompaniyalar Zuidasda makon topgan. Talabalar shaharchasida siz ish topishda yordam beradigan karyera tadbirlari, seminarlar va konsultantlarni topishingiz mumkin.

·         Gollandiyaning sobiq Bosh vaziri, Germaniyaning ikkita ta’lim va madaniyat vaziri, futbolchi Ruud Van Nistelroy, Amazon.com ning hozirgi vitse-prezidenti, Amsterdamning sobiq meri ushbu universitet talabalaridir.

 O’qishga topshirish

Gollandiya ta’lim tizimi dunyodagi eng innovatsion va ilg’or tizimlardan biridir. U analitik munozaralar va amaliy tajriba bilan o’rganishga asoslangan. Gollandiyal oliy ta’limi yuqori sifat bo’yicha xalqaro obro’ga ega bo’lib, uni qat’iy milliy sifat kafolati tizimi qo’llab-quvvatlaydi. O’zbek talabalari uchun bakalavriatni Gollandiyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu Gollandiyada ishlash va yashash uchun ruxsat olish uchun haqiqiy imkoniyatdir. Bundan tashqari, 16 yoshdan boshlab bakalavr darajasida o’qish, shuningdek, universitet byudjetidan eng yaxshi talaba startaplarni tanlov asosida moliyalashtirish imkoniyatlari mavjud!

Qabul yiliga bir marta amalga oshiriladi: Iyul oyining o’rtasiga qadar.

O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Fakultetlar

Universitet turli xil yo’nalishlarda ko’plab dasturlar taklif etadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring.

https://www.vu.nl/en/

 

Ta’lim narxi

Narxlar mahalliy valyuta EURO (EUR)da ko’rsatilgan

  Foundation Bakalavriat Magistratura
Bir yilga 17 500 EUR 12 335 EUR 15 000 EUR

* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Bepul maslahat uchun buyurtma bering

Ma'lumotlaringizni qoldiring va mutaxassislarimiz tez orada sizga qo'ng'iroq qilishadi