Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Avstraliya

Australian National University (ANU)

da o'qish
Canberra, Avstraliya

Australian National University (ANU)

Australian National University (ANU) – 1946 yilda tashkil etilgan va Avstraliya poytaxti Kanberrada joylashgan davlat tadqiqot universiteti. Avstraliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

Avstraliya Milliy Universitetida 20 000 dan ortiq talaba tahsil oladi.

OTM asosiy kampusi Akton (1,45 km2) 60 dan ortiq bino va 10 000 daraxtdan iborat bo’lib, ularning aksariyati Avstraliya madaniy merosi sifatida tan olingan. Kampus Avstraliya parlamenti binosi, milliy muzeylar, sport stadionlari va dam olish maskanlariga yaqin joylashgan. Shuningdek, siz kampusdan mahalliy kafe, bar, supermarket va savdo markazlariga piyoda yoki velosipedda borishingiz mumkin. Kanberra Avstraliyaning janubi-sharqida joylashgan. Sidneygacha avtobusda taxminan 3 soat yoki samolyotda 50 daqiqalik yo’l.

Universitet haqida qiziqarli faktlar:

  • ANU QS2021 reytingi bo’yicha Avstraliya OTMlari orasida 1-o’rinni egallaydi. Bundan tashqari, Avstraliya Milliy Universiteti QS2021 tomonidan sayyoramizning Janubiy yarim sharida eng yaxshi deya tan olingan.
  • ANU QS World University Rankings 2021 reytingi bo’yicha 31-o’rinda dunyoning yetakchi universitetlaridan biri sifatida tan olingan.
  • 2020 Times Higher Education Global University Ranking, bitiruvchilarning har yillik ish bilan ta’minlash reytingida ANU dunyo miqyosida 15-o’rinni (Avstraliyada 1-o’rin) egalladi.
  • Universitet kutubxonasida 2,5 milliondan ortiq kitob mavjud.
  • ANU Singapur Milliy universiteti, Tokio universiteti, Gonkong universiteti, Seul milliy universiteti, Parij fan va adabiyot universiteti, Jorj Vashington universiteti, Kaliforniya universiteti, Texas universiteti, Toronto universiteti, London qirollik kolleji va boshqa shu kabi bir qator nufuzli universitetlar bilan almashinuv dasturiga ega.
  • 2013 yil fevral oyida moliyaviy tadbirkor va ANU bitiruvchisi Grem Takvell Avstraliya tarixidagi eng yirik universitet xayr-ehsonini amalga oshirdi va ANUning bakalavr stipendiya dasturini moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratdi.
  • ANU bitiruvchilari orasida Indoneziyaning sobiq vitse-prezidenti, Avstraliyaning 2 sobiq bosh vaziri, 30 dan ortiq amaldagi Avstraliya elchilari, Kellogg’s va Singapore Airlines kompaniyalarining bosh direktorlari bor.
  • ANUning faxriy doktorlik unvoniga sazovor bo’lganlar qatoriga Li Kvan Yu (Singapurning sobiq bosh vaziri) va Nelson Mandella (Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti) kiradi.
  • ANUning sobiq dekani Xovard Flori va 5 ta universitet professor-o’qituvchilariga Nobel mukofotlari topshirilgan.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz

O’qishga topshirish

Bakalavr darajasida o’zbekistonlik talabalar uchun Avstraliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida tugatish, magistrlik darajasiga esa 2 yilda ega bo’lish. Bu esa yosh talabchan talabalarni anchayin puli va vaqtini tejaydi.

Shuningdek, IELTS sertifikatisiz Universe Group kompaniyasi abituriyentlari uchun maxsus tuzilgan ichki test asosida ushbu universitetga o’qishga kirish imkoniyati beriladi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Oktyabr, Fevral va May.

O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Fakultetlar

Avstraliya Milliy universiteti turli xil dastur va yo’nalishlarga ega:

  • San’at va ijtimoiy fanlar
  • Osiyo-Tinch okeani mintaqasi
  • Biznes va iqtisodiyot
  • Muhandislik va hisoblash
  • Fan va matematika
  • Tibbiyot va tibbiyot fanlari
  • Huquq

Avstraliya Milliy universiteti 250 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring ( https://www.anu.edu.au/ )

Talablar va narx

Foundation

Narxi
40000AUD
dan boshlab
Narxi
29600 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5

Bakalavriat

Narxi
45000AUD
dan boshlab
Narxi
33300 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Magistratura

Narxi
53000AUD
dan boshlab
Narxi
39220 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 7.0

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00