Pace University
Pace University
Pace University – 1906 yilda tashkil etilgan, AQShning Nyu-York shahrida joylashgan. Ushbu universitet Amerikada talab yuqori bo’lgan xususiy ta’lim muassasasidir. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.
Peys universiteti aka-uka Gomer va Charlz Peys tomonidan tashkil etilgan. Garvard Universitetining Opportunity Insights Study tadqiqotiga ko’ra u yuqori iqtisodiy mobillik uchun 1-o’rinni egallaydi. Ushbu universitet o’quvchilariga amaliy bilimlarni berishga qaratilgan va butun Amerika bo’ylab 8000 ish beruvchilar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Imkoniyatli ish joylari qatoriga IBM, Deloitte, JPMorgan Chase, Pepsico, Goldman Sachs, Mastercard kabi gigant kompaniyalar va boshqalar kiradi. Hozirgi kunda universitetda 13 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.
Forbes reytingiga ko’ra, Pace universiteti top-200 eng yaxshi universitetlar ro’yxatiga kiradi.
Ta’lim narxi
Narxlar Amerika Qo’shma Shtatlari mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (USD – AQSH dollari).
Bakalavriat | Magistratura | |
Bir yilga | $45000 | $51000 |
* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi..
Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 65 foizgacha stipendiya berishga tayyor.
Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.
Qo’shma Shtatlar talabalari universitetni 4 o’quv yilida tugatish imkoniyatiga ega, magistratura esa 2 yil davom etadi. Pace University, shuningdek Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.
Ustunliklari
Foundation | Bakalavriat | Magistratura |
IELTS 5.5 with no band lower 5.0 | IELTS 6.0 with no band lower 5.5 | IELTS 7.0 with no band lower 5.5 |
O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Fakultetlar
Peys universiteti 90 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega, Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.pace.edu/)