Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Avstraliya

University of Adelaide

da o'qish
Adelaida, Avstraliya

University of Adelaide

University of Adelaide – Adelaida shahrida 1874-yilda tashkil etilgan Avstraliyaning davlat universiteti. Doimiy ravish jahonning Top-150 universitetlari qatoriga kirib kelmoqda. Sog’liqni saqlash va tibbiyot fanlari, fizika fanlari fakulteti, hamshiralik ishi, ijtimoiy va gumanitar fanlar fakultetlari o’z sohalaridagi reytinglarda jahonda Top-75 ga kiradi.

Ushbu oliygohning bitiruvchilari orasida 5 ta Nobel mukofoti laureatlari va 110 dan ortiq Rodos stipendiyasi egalari borligi universitetni mashxur qilgan. Bu insonlarning barchasi Avstraliyada ko’zga ko’ringan jamiyat va davlat arboblaridir. Bundan tashqari, universitet Avstraliyaning 8 ta eng yaxshi universitetlari uyushmasi a’zosi hisoblanadi. Bu o’z navbatida universitet talabalariga ushbu sakkizta universitetning har qaysisida o’qishni davom ettirish imkoniyatini beradi.

Oliygoh Janubiy Avstraliya shtatida, Sent-Vinsent ko’rfazining sohili bo’yida joylashgan bo’lib, 5 ta eng yuqori darajada jihozlangan kampuslarga ega.

Adelaida universiteti talabalar va aspirantlar jahon standartidagi tadqiqotlarga asoslangan keng qamrovli o’quv dasturlarini taklif etadi va talabalarning tadqiqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

O’qishga kirish

O’zbekistonlik talabalar uchun Avstraliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu bakalavrda o’qishni 3 yilda, magistraturani esa 2 yilda tugatish imkoniyati. Bu yosh va ehtirosli talabalarning mabla’gini va vaqtini sezilarli darajada tejaydi. Shuningdek, University of Adelaide Foundation, Pre-Master’s va til kurslari kabi tayyorlov kurslarini taklif etadi.

Bundan tashqari, universitetga IELTS sertifikatisiz, Universe Group talabalari uchun maxsus tuzilgan ichki imtihon orqali o’qishga kirish imkoniyati bor.

Qabul bir yilda 3 marta amalga oshiriladi – oktyabr, fevral va may.

Ustunliklari

    Til bilish talablari

    Til kurslariFoundationBakalavr
     IELTS 5.5IELTS 6.0

    O’qishga kirish haqida batafsil ma’lumot olish uchun Avstraliya bo’yicha mutahassisimiz bilan bepul konsulatatsiyaga yozilishingiz mumkin.

     

    Yo’nalishlar

    Adelaida universiteti 100 dan ortiq yo’nalishlarga ega, jumladan:

    • matematika, texnika va kompyuter fanlari
    • sog’liqni saqlash
    • gumanitar va ijtimoiy fanlar
    • tabiiy fanlar
    • proffessional tayyorlash fakulteti

    Batafsil ma’lumot uchun Universe Group kompaniyasi ofisi bilan bog’laning yoki universitetning rasmiy saytiga kirib ko’ring.

     

    O’qish narxlari

     FoundationBakalavr
    Bir yil uchun27 500 AUD35 000 AUD

    Narxlar Avstraliyaning milliy pul birligi avstraliya dollarida ko’rsatilgan.

    *universitet ushbu narxlarni bir tomonlama o’zgartirish huquqiga ega.

     

    Shuningdek, universitet o’qish boshlanishidan 6 oy avval Universe Group kompaniyasi orqali hujjat topshirgan talabalarga 10% dan boshlab chegirma taqdim etadi.

     

    Chegirmalar va stipendiyalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Universe Group kompaniyasining ofisiga muroojat qiling.

     

Talablar va narx

Foundation

Narxi
27500AUD
dan boshlab
Narxi
20350 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5

Bakalavriat

Narxi
35000AUD
dan boshlab
Narxi
25900 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00