Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
AQSH

Baylor University

da o'qish
Waco, AQSH

Baylor University

Baylor University – 1845 yilda tashkil etilgan va AQShning Texas shtatidagi Ueyko shahrida joylashgan. Ushbu universitet Amerikada talab yuqori bo’lgan xususiy ta’lim muassasasidir. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

Baylor 2021 yilgi US News & World Report reytingida AQShning eng yaxshi “milliy universitetlari” orasida 76-o’rinni, “Bakalavriatda eng yaxshi ta’lim” nominatsiyasi bo’yicha 31-o’rinni va “Eng innovatsion” nominatsiyasida 25-o’rinni egalladi. Brazos daryosi bo’yida joylashgan 1000 akrlik (400 gektar) universitet kampusi dunyodagi eng yirik universitetlardan biri hisoblanadi.

Baylor uchun US News 2021ning boshqa reytinglariga quyidagilar kiradi:

№ 8 – Tadbirkorlik sohasida eng yaxshi bakalavr dasturlari

№ 31 – Marketing bo’yicha eng yaxshi bakalavr dasturlari

№ 58 – Buxgalteriya hisobi bo’yicha eng yaxshi bakalavr dasturlari

№ 67 – Eng yaxshi bakalavr biznes-dasturlari

№ 118 – Eng yaxshi muhandislik bakalavrlari dasturlari (doktorlik darajasi bilan)

№ 121 – Informatika bo’yicha bakalavr dasturlari

Ushbu universitetda 20 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.

Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Qo’shma Shtatlar talabalari universitetni 4 o’quv yilida tugatish imkoniyatiga ega, magistratura esa 2 yil davom etadi. Baylor universiteti, shuningdek Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.

O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Baylor universiteti 250 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega, Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.baylor.edu/)

Talablar va narx

Bachelor's degree

Narxi
51738$
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Master's degree

Narxi
32310$
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00