Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
AQSH

University of Hartford

da o'qish
Hartford, AQSH

University of Hartford

University of Hartford – 1957 yilda AQShning Konnektikut shtatidagi G’arbiy Xartford shahrida tashkil etilgan. Ushbu universitet Amerikada talab yuqori bo’lgan xususiy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan mazkur maqolada tanishtiramiz.

Ushbu universitetning musiqa maktabi Qo’shma Shtatlarning top-30 taligiga kiradi. Biznes fakultetidagi barcha 100% talabalar o’qish davomida pullik ish bilan ta’minlanadilar.

350 gektarlik asosiy kampus (1,4 km2) qo’shni Xartford va Blumfildgacha cho’zilgan.

Ushbu universitetda 6000 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizdan boshlab stipendiya berishga tayyor.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz

Qo’shma Shtatlar talabalari universitetni 4 o’quv yilida tugatish imkoniyatiga ega, magistratura esa 2 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarni anchayin puli va vaqtini tejaydi. University of Hartford, shuningdek Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.

O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Xartford universiteti 200 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.hartford.edu/)

Talablar va narx

Bachelor's degree

Narxi
43800$
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Master's degree

Narxi
32000$
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.5

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00