Maslahat olish +998 (71) 209-93-00
bnt-close
Buyuk Britaniya

University of Birmingham

da o'qish
Birmingem, Buyuk Britaniya

University of Birmingham

University of Birmingham – 1825 yilda tashkil etilgan, Buyuk Britaniyaning ikkinchi yirik shahri Birmingemning markazida joylashgan. Ushbu universitet Russell Group ning elita tarkibiga kiradi va Buyuk Britaniyaning top-15 eng yaxshi universitetlari qatoridan joy olgan. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

Russel Group – bu Buyuk Britaniyaning eng taniqli ilmiy tadqiqot universitetlarining birlashmasi bo’lib, unga Kembrij va Oksford ham kiradi. Ularning bitiruvchilari oliy ma’lumotga ega bitiruvchilarning atigi 17 foizini tashkil etishiga qaramay, Buyuk Britaniyadagi oliy ma’lumot talab qiladigan ishlarning 61 foizini egallaydilar. Russell Group a’zolariga Buyuk Britaniyada olingan barcha doktorlik darajalarining 60 foizi to’g’ri keladi.

Birmingem universiteti Britaniyadagi talab yuqori bo’lgan to’rtinchi OTM sanaladi va 1 ta o’ringa o’rtacha 10 kishi to’g’ri keladi, ammo universitetda ham, butun Buyuk Britaniya ta’lim tizimida bo’lganidek byudjet joylari mavjud emas. Ayni paytda universitetda 30 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda va uning maydoni 330 gektarni tashkil etadi – bu markaziy Angliyaning eng yirik universitet.

2021 yil holatiga ko’ra High Fliers Research ma’lumotlariga binoan, ushbu universitet talabalari Buyuk Britaniyaning barcha universitetlari orasida eng talab kuchli bitiruvchilar hisoblanadi.

Birmingem universiteti haqida qiziqarli faktlar:

  • Faqatgina 4 ta universitet bitiruvchilari Buyuk Britaniyaning bosh vaziri bo’lishgan: Oksford, Kembrij, Birmingem va Edinburg
  • Dunyoning TOP-100 eng yaxshi universitetlari ro’yxatiga kiritilgan
  • San’at maktabida Monet, Van Gog, Pikasso va boshqalar ko’plab rasmlarining asl nusxalari saqlanadi.
  • Universitet soat minorasi dunyodagi eng baland mustaqil minoradir va Big Ben dan 4 metr baland hisoblanadi
  • Dini, jinsi, irqi va kelib chiqishidan qat’iy nazar talabalar teng asosda o’qishga kirgan birinchi o’quv muassasasi
  • Buyuk Britaniyada erkaklar yotoqxonalarini ayollarnikidan ajratgan birinchi universitet
  • Buyuk Britaniyada o’z temir yo’li bo’lgan yagona universitet
  • Ushbu universitetning kampusida birinchi biznes maktabi paydo bo’lgan
  • Yevropadagi eng yirik va eng boy kutubxonalardan biri bo’lib, unda 6 milliondan ortiq kitob va qo’lyozmalar mavjud. Shuningdek, 1566 yilgi Injilning asl nusxalari, Shekspir, Charlz Dikkens va boshqalarning asarlari va boshqalar shu yerda saqlanadi. Agar ushbu kutubxonadagi barcha kitoblarni bir-birining ustiga qo’ysangiz, Everest balandligidan 8 baravar baland va kosmosga yetadigan tog’ hosil bo’ladi.

Ta’lim narxi

Narxlar Birlashgan Qirollik mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (GBP – funt sterling).

FoundationBakalavriatMagistratura
Bir yilga£19740-£21240£21240£23580

* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi

Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistratura esa 1 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarning anchayin puli va vaqtini tejaydi. University of Birmingham, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.

Ustunliklari

    FoundationBakalavriatMagistratura
    IELTS 5.5 with no band lower 5.5IELTS 6.0 with no band lower 5.5IELTS 7.0 with no band lower 5.5

    O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

     

    Fakultetlar

    Birmingem universiteti 250 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.birmingham.ac.uk/index.aspx)

     

Talablar va narx

Foundation

Narxi
20760£
dan boshlab
Narxi
25950 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 5.5

Bachelor's degree

Narxi
22320£
dan boshlab
Narxi
27900 $
dan boshlab

Topshirish shartlari

  • IELTS 6.0

Savollar bor, lekin javob yo'qmi?

yoki quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling : +998 (71) 209-93-00