
University of Brighton
University of Brighton
University of Brighton – 1858 yilda tashkil etilgan bo’lib, Buyuk Britaniyaning janubiy shahri Brayton markazida joylashgan. Ushbu universitet Buyuk Britaniyadagi davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.
Universitet dengiz bo’yida joylashganligi bilan o’ziga xosdir va Brayton Angliyaning eng iliq va quyoshli shaharlaridan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Brayton universiteti bitiruvchilarining 94% o’qishni tugatgandan keyin 6 oy ichida ish topishadi. Braytondagi diversity tushunchasi yuqori darajada, hozirgi vaqtda universitetda dunyoning 150 mamlakatidan 20 mingdan ortiq talabalar tahsil olishmoqda.
2021 yil holatida Succeed in a Creative Environment statistik ma’lumotlarga ko’ra, Brayton universiteti san’at, moda, arxitektura va dizayn kabi sohalarda yetakchilardan biri hisoblanadi.
Ta’lim narxi
Narxlar Birlashgan Qirollik mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (GBP – funt sterling).
Foundation | Bakalavriat | Magistratura | |
Bir yilga | £13000 | £13572 | £13850 |
* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi
Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.
Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.
Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistratura esa 1 yil davom etadi. Bu esa yosh va maqsadga intiluvchan talabalarning anchayin puli va vaqtini tejaydi. University of Brighton, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.
Ustunliklari
Foundation | Bakalavriat | Magistratura |
IELTS 5.5 with no band lower 5.0 | IELTS 6.0 with no band lower 5.5 | IELTS 7.0 with no band lower 5.5 |
O’qishga topshirish to’g’risida batafsilroq ma’lumot olish uchun siz bizning mutaxassislarimizdan biri bilan bepul individual konsultatsiyaga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Fakultetlar
Brayton universiteti 400 dan ortiq turli yo’nalishlarga ega. Qo’shimcha ma’lumot uchun Universe Group ofisiga murojaat qiling yoki universitetning rasmiy veb-saytiga havola orqali kiring (https://www.brighton.ac.uk/index.aspx)